Xaridor tovar yoki xizmat haqini to‘lashi uchun unga hisob yozib beriladi. Hisob blankasini ushbu sahifadan bepul yuklab olishingiz mumkin.
Maqolada ushbu hujjatni to‘ldirish va O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
To‘lov uchun hisobvaraq — bu siz mijozlarga tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun to‘lash yoki kelgusi xizmat yoxud yetkazib berish uchun oldindan to‘lash maqsadida taqdim etadigan hujjat.
Hujjat ikki nusxada rasmiylashtiriladi: biri xaridorga beriladi, ikkinchisi kompaniyada qoladi.
O‘zbekistonda to‘lov uchun hisobvaraq qo‘yish — biznesdagi ishbilarmonlik odati bo‘lib, qonunchilik talabi emas. Bu mazkur hujjat buxgalteriya hisobiga ham, soliq hisobiga ham taalluqli emasligini anglatadi.
Ikkita sabab mavjud:
Ushbu hujjat uchun davlat darajasida yagona shakl belgilanmagan. Uni shakli va kiritilajak rekvizitlarini mustaqil ravishda belgilash mumkin.
Siz kerakli rekvizitlar bilan o‘z blankangizni tayyorlashingiz yoki quyida yuklab olish mumkin bo‘lgan Exceldagi tayyor namunani olishingiz mumkin.
Qonunchilik biron-bir yagona shakldan foydalanishni talab qilmaydi, shuning uchun majburiy rekvizitlar yo‘q.
To‘lov hisobi blankasi taxminan quyidagicha ko‘rinishga ega:
Hujjatda quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
MFO yoki filiallararo aylanma — tijorat banklari operatsiyalari, shuningdek, ularning o‘z operatsiyalari va O‘zbekistondagi Markaziy bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitob-kassa markazlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar tizimi.
Agar rekvizitlar shartnomada ko‘rsatilganidan farq qilsa, buni hujjatda, masalan, «Diqqat! Bank rekvizitlari o‘zgardi» deb ko‘rsatish lozim.
Quyida eng ko‘p uchraydigan holatlarni ko’rib chiqamiz.
Hisobvaraq-faktura — sotuvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirib tashlash uchun asos bo‘ladigan hujjat. To‘lov hisobvarag’i esa yagona shaklga ega emas va QQS bilan bog‘liq emas. Shuning uchun, agar siz foydalanayotgan namunada «QQS» ustuni mavjud bo‘lsa, unga «QQSsiz» iborasini kiritib qo‘ying.
Ichki hujjat aylanishi qoidalariga muvofiq, hujjatni rahbar va/yoki ishonchnoma asosida vakolatlangan shaxs imzolashi mumkin.
Bu qonunda belgilanmagan, ammo shartnomada ko‘rsatilishi mumkin.
Amalda hisobvaraq, odatda, jo‘natish hujjatlari bilan birga yoki bajarilgan ishlar yoxud ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolanganidan so‘ng tuziladi.
Bu kompaniyada shunday siyosatning mavjudligi va shartnomada bunday qoidaning ko‘zda tutilganligiga bog‘liq.
To‘ldirish uchun qulay bo‘lgan har qanday formatda, masalan, Word yoki Excel dasturlarida. Excel dasturi ayniqsa qulayroq, chunki unda barcha kerakli hisob-kitoblar uchun formulalarni o‘zingiz sozlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, "МойСкладda tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘lov hisobvarag’ini onlayn shakllantirib, taqdim etishingiz va uni xizmatdan bevosita kontragentga yuborishingiz mumkin. Bu bepul xizmat.
Bundan tashqari, dasturda quyidagilarni amalga oshirish imkoniyati mavjud:
Bularning barchasidan istalgan vaqtda va istalgan joydan foydalanish mumkin. Kompyuter, noutbuk, planshet yoki smartfondan. Hech narsani o‘rnatish shart emas. Faqat internetga ulanish kifoya.