Qanday qilib biznes jarayonlarini avtomatlashtirib, o‘g‘irliklarni to‘xtatish mumkin: iCORP muvaffaqiyat tarixi

iCORP kompaniyasi O‘zbekistondagi МойСклад xizmatining asosiy hamkoridir. Kompaniya bosh direktori Shahzod Dadaboyev va rivojlanish bo‘limi rahbari Nil Fattohov ishbilarmonlar va bizneslarga qanday yordam berishayotgani haqida so‘zlab berishdi.

Kompaniyangiz nima bilan shug‘ullanadi?

Nil: Biz МойСклад, AmoCRM va telefoniyani joriy etish hamda avtomatlashtirish bilan shug‘ullanamiz. 2016-yildan beri bozordamiz. Jamoamiz 26 kishidan iborat. Asosan yirik ulgurji kompaniyalar bilan ishlaymiz. Faol rivojlanmoqdamiz, mijozlarimiz soni bir yil ichida 127 foizga ko‘paydi.

Asosiy vazifamiz — jarayonlarni shunday optimallashtirish kerakki, tadbirkorlar vaqt va mablag‘larini tejab, barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishlaridir. Bugungi kunga kelib 380 dan ortiq kompaniyani avtomatlashtirishtirdik va yana 250ta mijozimiz biz bilan doimiy ravishda hamkorlik qilishmoqda.

Nil Fattaxov
Nil Fattaxov

Nima uchun to‘satdan avtomatlashtirish bilan shug‘ullanishga qaror qildingiz, bu yo’nalishga qanday keldingiz?

Shahzod: Men marketing sohasida faoliyat yuritganman va ISO hamda FIFO bo‘yicha sertifikatlangan yirik kompaniyalarda ishlaganman. Biroq ularda tovar aylanmasini boshqarishning yagona tizimi yo‘q edi. O‘shanda ko‘plab muammolarning asosiy sababi aynan shunda ekanligini tushunib yetgandim.

2018-yilda o‘z marketing agentligimni ochganimdan so‘ng, menejerlarimni nazorat qilishda qiyinchilikka duch keldim: mijozlar bilan qancha uchrashuv o‘tkazilgani, bitim jarayonining qaysi bosqichida ekanligi, hisob-kitob taqdim etilganmi, to‘langanmi va hokazolarni aniq bilmas edim.

iCORP asoschisi Vyacheslav Timofeychev bilan tanishib qoldim va u menga CRMni joriy qilib berishi, men esa uning kompaniyasini marketing yo‘nalishida targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishimga barter asosida kelishdik. Tez orada biz hamkorlarga aylandik va hozirda men kompaniyaning uch nafar egalaridan biriman.

Shahzod Dadabaev
Shahzod Dadabaev

Nega aynan МойСклад?

Shahzod: МойСклад bilan rasmiy hamkorlikni 2020-yil mart oyida boshladik. Qiziq tomoni shundaki, talab mijozlarning o‘zidan keldi. МойСкладni o‘rnatib berish va sozlash so’rovlari juda ko’p edi.

Aslida, yana bir sabab 2019-2020-yillarda O‘zbekistonga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim materiallari oqimi kirib kelganida. Tadbirkorlar rivojlanish uchun qanday vositalar kerakligini tushunib, o‘z ehtiyojlarini aniq ifodalaydigan bo‘lishdi.

Masalan, bizga o‘quv kurslarida biznesini kengaytirishning asosiy sharti avtomatlashtirilgan hisob tizimi ekanligi aytilgan bir distribyutor murojaat qildi. Kursdan keyin ushbu tadbirkor bunday tizim yordamida u qoldiqlarni boshqarishi, tovar aylanmasini ko‘rishi va moliyaviy oqimlarni nazorat qilishi mumkinligini tushunib yetgan. Bunday tizim bo‘lmasa, o‘sish imkonsizligini ham.

Ulgurji kompaniyani mijoz tizimidan emas, balki hisob tizimidan boshlash kerakligini tadbirkorlarimiz tushunishmoqda. CRM darajasiga yetish uchun hali ancha rivojlanish davridan o’tish kerak aslida.

Biz 104 ta kompaniyada МойСкладni joriy etdik. Ularning har birida tizimda kamida 5 nafar xodim ishlaydi, ba’zilarida esa 30 dan ortiq. Deyarli barchasi professional tarifdan foydalanishadi. Bizda joriy etishning o‘rtacha narxi 1500 AQSH dollari.

Ayting-chi, mijozlaringiz kimlar va sizga ko‘pincha qanday muammolar bilan murojaat qilishadi?

Nil: Mijozlarimiz — O‘zbekiston bozorida taniqli bo‘lgan yirik ulgurji va savdo-ishlab chiqarish kompaniyalari. Asosiy talab — tartib o‘rnatish. Aniqroq qilib aytganda: qoldiqlarni ko‘rish va o‘g‘irlikni to‘xtatish.

Mijozlarimizning eng katta muammosi — bu o‘g‘irlik. Bir nechta misollarda buni yaqqol ko’rish mumkin.

Yirik ishlab chiqarish kompaniyasi. МойСкладga ulanish uchun shartnoma imzoladik, mijoz to‘lovni amalga oshirdi va g‘oyib bo‘ldi, na qo‘ng‘iroqlarga, na xabarlarga javob berdi. Yarim yildan so‘ng o‘zi yana paydo bo‘lib, kompaniya har oy 6-7 ming AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rayotgani, menejerlar esa buni tizimning murakkabligi bilan izohlab, МойСкладda ishlashdan bosh tortayotganidan shikoyat qildi.

Biz ularning idorasiga borib, vaziyatni o‘rgandik. Bir nechta Excel fayllaridagi tovar nomenklaturasini МойСкладga o‘tkazishni boshlaganimizda, ikkita tovar pozitsiyasi yo‘qligi aniqlandi, xodimlar ularni ataylab kiritmagan. Menejerlar bu tovarlarni naqd pulga sotib, pulni o‘zlari olishayotgan ekan. Bu holat ma’lum bo‘lib, bir nechta xodim ishdan bo‘shatilgach, biznes keskin daromadli bo‘ldi. Bu kompaniya bilan bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlab kelmoqdamiz.

Shahzod: Yoki mana murakkabroq bir holatni olaylik. Toshkent va boshqa yirik shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniya ombordan o‘n minglab dollar miqdorida o‘g‘irlik bo‘layotganidan shikoyat qildi. Biz ularga МойСкладdagi tovarlarni guruhlarga ajratishda yordam berdik, har bir tovarga shtrix-kodlarni chop etdik va omborga kirishda skanerlar o‘rnatdik. Endi barcha mahsulotlar kelishi va ketishida skanerlanadi.

QR-kodli hujjatni yaratadigan vidjet ham qo‘shdik. Nazorat-o‘tkazish punktida mashina mahsulotni yuklab jo‘natganda, yuk xatidagi kod orqali xodim ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. Albatta, tizim shaffof bo‘lib, omborxonadan mahsulotlarni sezdirmay olib chiqib ketishning iloji bo‘lmagach, ko‘pchilik ishdan ketdi, ba’zilar ishdan bo‘shatildi, lekin o‘g‘riliklar butunlay to‘xtadi.

Mijozlar bilan ishlashni nimadan boshlaysiz, siz uchun birinchi o’rinda bajarilishi kerak bo’lgan vazifa nima?

Nil: Albatta, auditdan boshlaymiz. Mijozning biznes-jarayonlari qanday tuzilganligini, nomenklaturani qanday yuritishini, barcha jarayonlar bir-biri bilan qanday bog‘langanligini o‘rganamiz. 90% hollarda tovarlar bilan ishlash bosqichida ular noto‘g‘ri belgilanganligi, ko‘p takrorlanishlar mavjudligi aniqlanadi. Kimdir rus tilida, kimdir o‘zbek tilida, kimdir ingliz tilida, yana kimdir boshqacha qilib ma’lumot kiritgan, natijada chalkashlik yuzaga kelgan. Yagona tasnifga ega aniq nomlar yo‘q.

Biz o‘rmon sanitarlari kabi ishni tovarlarni tartibga solishdan boshlaymiz: ularni guruhlarga ajratamiz, yagona tasnif yaratamiz, takrorlanishlarni olib tashlaymiz. МойСкладda buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bizning asosiy vazifamiz — amaldagi va hisobga olish jarayonlarini bir-biriga moslashtirish.

Ammo bu biz tizimni o‘rnatdik-u, ketdik degani emas. Ishni davom ettirishga harakat qilamiz, doimiy ravishda audit o‘tkazamiz: mulkdor to‘g‘ri raqamlarni ko‘rishi uchun xodimlarning МойСкладda qanday ishlashini nazorat qilamiz, yangi kelganlarga treninglar o‘tkazamiz.

Masalan, ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniya uchun muntazam ravishda treninglar o‘tkazamiz, jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtiramiz. Ular uchun chakana savdoni yo‘lga qo‘ydik, 20 ta bo‘linma va 5 ta turli yuridik shaxs uchun omborlarni alohida ajratdik.

Qaysi yo’nalishlarni avtomatlashtirish qiyinroq?

Shahzod: Ishlab chiqarish kompaniyalarini avtomatlashtirish qiyinroq, chunki ularda jarayonlar ko‘proq.

Masalan, gulqog‘oz ishlab chiqaruvchi kompaniya. Ularda yagona hisob tizimi yo‘q edi: 1C va Excel dasturlaridan foydalanishardi, xomashyo hisobga olinmasdi, tayyor mahsulot hisob-kitobi yo‘q edi, har bir sotuv menejerining, kim va qancha sotishi bo‘yicha tahlil mavjud emasdi. Ularga ishlab chiqarish modulini joriy etdik, barcha hisob-kitoblarni sozladik, tahlil qilishni, ish haqini qanday hisobga olishni o‘rgatdik. Shuningdek, ularda bir menejer tovarlarni bron qilishi, boshqa menejer esa xuddi shu tovarlarni sotib yuborishi mumkinligi bilan bog’liq muammo ham bor edi. МойСклад bu funksiyani takomillashtirdi va endi bron tizimi to‘g‘ri ishlayapti.

Yana bir yirik oziq-ovqat ishlab chiqarish xoldingida barcha jarayonlarni birlashtirish, ishlab chiqarish, sotish, moliya va tovar hisobini yuritadigan yagona tizimda ishlash vazifasi qo‘yilgandi. Muhim talab soddalik va qulaylik edi. Eng asosiysi, qoldiqlarni onlayn rejimda ko‘rish imkoniyati kerak edi. МойСклад bularning hammasini ta’minlay oladi. Ikki yildan beri ular bilan ishlab kelmoqdamiz, ko’plab jarayonlar muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston bozorida qanday qiyinchiliklar va o‘ziga xosliklar bor?

Nil: O‘zbekiston bozori o‘sib bormoqda, yangi bizneslar faol ochilmoqda va ularga avtomatlashtirish zarur. Avtomatlashtirishsiz o‘sib bo’lmaydi, u biznesga boshidanoq kerak. Agar hisob-kitob to‘g‘ri yuritilmasa, bunday tadbirkor ertami-kechmi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun hozir bunday xizmatlarga talab juda yuqori.

Boshqa tomondan, kompaniyalar ichida, ayniqsa omborchilar orasida xodimlarning qarshilik ko‘rsatish holatlari ko’p. Ular har qanday yo‘l bilan ishni buzishga urinishadi. Ishontirish va o‘rgatish uchun ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri keladi.

Mulkdorlar orqali ish yuritamiz: mulkdor o‘zi sinab ko‘rib, hayron qoladi, omborchi nimaga uddalay olmayotganini tushunmaydi. Bu katta muammo, chunki ko‘pchilik xodimlar 10-15 yillab ishlaydi, tadbirkorlar esa ko‘pincha kadrlar o‘zgarishi yoki qattiq choralar ko‘rishga qaror qabul qilishda qiynalishadi.

МойСкладni qo'llab ko'rish
Shuningdek o'qing
Sofiya Sonina
Sofiya Sonina МойСклад eksperti
Bu maqola foydali bo‘ldimi?
12 baholar, o’rtacha 4.15 dan 5
Maqolani ulashing:
МойСклад — savdo, ombor va CRMni birlashtiruvchi bulutli xizmat

Barcha kerakli yechimlar bitta tizimda: savdo, xaridlar, ombor, moliya, mijozlar va ta’minotchilar

Ishni boshlash