Muvaffaqiyat tarixlari
«O‘zbekistonlik tadbirkorlarga biznesni optimallashtirish, vaqt va mablag‘larini tejashda ko‘maklashaman»: МойСклад hamkori Jamshid Feyziyevning faoliyati haqida

«O‘zbekistonlik tadbirkorlarga biznesni optimallashtirish, vaqt va mablag‘larini tejashda ko‘maklashaman»: МойСклад hamkori Jamshid Feyziyevning faoliyati haqida

05 December 2024

Electra X — МойСкладning O‘zbekistondagi asosiy hamkorlaridan biri. Mahalliy bozorning o‘ziga xos xususiyatlari va tadbirkorlarning asosiy ehtiyojlarini muhokama qilish maqsadida kompaniya bosh direktori Jamshid Fayziyev bilan uchrashib suhbat qurdik.

Jamshid Feyziyev

Jamshid, ayting-chi, nima sababdan aynan avtomatlashtirish bilan shug‘ullanishni boshladingiz, bu sohaga qanday keldingiz?

Bir paytlar men Beeline kompaniyasida call-centr mutaxassisi bo‘lib ishlaganman. Tajriba orttirgach, ma’lum vaqtdan so‘ng distributsiya sohasiga o‘tdim. Mening asosiy vazifalarimdan biri mijozlar uchun jo‘natmalarni rasmiylashtirish edi: yuk xatlari va hisobotlarni chop etish. Ish Excel dasturida olib borilgani uchun, juda noqulay tarzda ishlardim. Tez-tez xatoliklar yuz berar, ko‘p vaqt va kuch behuda sarflanardi. Oqibatda, menga zamonaviy yechim topish vazifasi yuklatildi va men darhol internetda МойСклад dasturiga duch keldim. Uni sinov tartibida ishlatib ko‘rib, imkoniyatlaridan juda mamnun bo‘ldim. Kompaniyamizda МойСкладni joriy qildik va men xizmatni chuqurroq o‘rgana boshladim. Mahsulot menga shunchalik yoqdiki, uni qarindoshlarim, do‘stlarim va tanishlarimga tavsiya qila boshladim. Shunday qilib, ERP tizimlarini joriy etish bilan shug‘ullanish menga qiziqarli ekanligini angladim.

2024-yil boshida ishdan bo‘shadim va МойСкладning hamkoriga aylandim. Hozirda bor vaqtimni xizmatni joriy etishga sarflayman: o‘zbekistonlik tadbirkorlarga biznesni optimallashtirishda, ularning vaqti va mablag‘ini tejashda yordam beraman. Bir yildan kamroq vaqt ichida men 18 kompaniyani avtomatlashtirdim, ularning har birida kamida 5 nafar xodim ishlaydi. O‘rtacha joriy etish narxi 800dan 1500 AQSH dollarigacha.

Aytingchi, mijozlaringiz kimlar va ular sizga ko‘proq qanday masalalar bilan murojaat qilishadi?

Hozirgi paytda mijozlarimni ulgurji va chakana savdo kompaniyalari tashkil etishadi. Ularning asosiy talablari — ombor hisobini tartibga solish. Mijozlar omborlarida qanday tovarlar borligini bilishadi, ammo ularning aniq miqdorini ayta olmaydilar.

Yana bir tez-tez uchraydigan muammo — hamkorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblardagi qiyinchiliklar. Hisob daftarlarda yuritiladi: mijozlar kimga va qancha qarzi borligini, kimning ularga qarzi borligini bilishmaydi. Hisob-kitoblar dollarda yuritiladi va hammasi kursga bog‘liq. Bir summani to‘laysiz, tovar jo‘natilishi paytida kurs o‘zgaradi va yetkazib beruvchi qo‘shimcha to‘lov so‘raydi. Barcha kelishuvlar og‘zaki yoki messenjerlarda bo‘ladi. Ko‘pincha hamkorlar yozishmalarni o‘chirib tashlashadi va hech kimga hech narsani isbotlab bo‘lmay qoladi.

МойСклад o‘zaro hisob-kitoblar jarayonini shaffof qiladi: mablag‘lar aylanmasi, qarzlar va oldindan to‘lovlarni kuzatish, shuningdek, solishtirma dalolatnomalarini chop etish mumkin. Xizmatni joriy etishda biz mijozlarimizga qo‘shimcha ravishda Telegram bilan integratsiyani ham taqdim etamiz. Mijoz hisob-kitobni amalga oshirishi yoki tovarni qabul qilishi bilanoq, unga avtomatik ravishda messenjerga xabar keladi.

Xodimlar o‘g‘irligi masalasi bilan murojaatlar ko’pmi?

Xodimlarning o‘g‘irligi tadbirkorlar uchun alohida muammo. Ular ham kassadan, ham ombordan o‘g‘irlashadi. Mijozlar bilan uchrashganda, darhol aytaman, МойСклад nafaqat qoidabuzarliklarni, balki ularning holatlarini ham aniqlash imkonini beradi. Tizimni aldab bo‘lmaydi: xizmatda kim, nima, qachon va qancha miqdorda qayd etgani ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, МойСкладda inventarizatsiya o‘tkazish va kamomadni aniqlash qulay — buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon orqali bajarish mumkin.

Agar xodimlar o‘g‘irlik qilayotgan bo‘lsa, bilvosita belgilardan darrov payqayman. Mana, misol.

Kompaniya rahbariga tashrif buyurib, МойСклад imkoniyatlarini ko‘rsataman, afzalliklari va foydalarini tushuntiraman. Unga hamma narsa ma’qul keladi, joriy etish haqida dastlabki kelishuvga erishamiz. So‘ngra xodimlarni o‘qitishga kirishaman va bu bosqichda qarshilik hamda norozilikka duch kelaman. Men uchun bunday munosabat — bu yerda nimadir shubhali ekanligining aniq belgisi. Bunday vaziyatlarda yakuniy qaror biznes egasiga bog‘liq. O‘zbekiston bozorida malakali kadrlar tanqisligi yaqqol sezilmoqda: bitta xodim bir vaqtning o‘zida ham yuk tashuvchi, ham sotuvchi, ham omborchi vazifasini bajarishi mumkin. Shu sababli, tadbirkor ko‘pincha tekshiruv va jazolar o‘rniga daftar yoki Excel dasturida hisob yuritishni davom ettirishni ma’qul ko‘radi.

МойСкладni joriy etishda yana qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?

Muammolardan biri — rus tilini bilmaslik xizmatdan foydalanishda qiyinchilik tug’diradi. Misol uchun, menga xodimlarning hech biri rus tilini bilmaydigan mijoz keldi. МойСкладni joriy etgandan keyingi dastlabki paytlarda ular bilan doimiy aloqada bo‘lishga, hamma narsani juda sodda tarzda tushuntirishga to‘g‘ri kelardi. Xodimlar ma’lum harakatlarni bajarish uchun qaysi tugmalarni bosish kerakligini shunchaki yodlab olishdi.

Hatto kulgili vaziyatlar ham bo‘lib turadi. Men O‘zbekistondagi eng nufuzli universitetlardan birining ingliz tili fakultetida o‘qiyotgan ikkita amaliyotchini yordamga taklif qildim. Ularga xizmatning qanday ishlashini ko‘rsata boshladim va kichik bir vazifa berdim. Afsuski, vazifani bajaray olishmadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular ingliz tilida juda ravon gaplashar ekan-u, ammo rus tilini bilmas ekanlar.

Qaysi turdagi mijozlar bilan ishlash osonroq?

O‘z xohishlarini aniq biladigan va barcha o‘zgarishlarni ijobiy qabul qiladigan mijozlar bilan. Odatda, bunday mijozlarning hisobga olish dasturlaridan foydalanish tajribasi bor bo‘lib, o‘zlariga qanday funksionallik kerakligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishadi.

Hozirda menda shunday mijozlardan faqat bittasi — avtomobil ehtiyot qismlarini sotuvchi kompaniya bor. Ularning ombori juda katta: har birida 8ta tokchadan iborat 30ta stellajga ega. Biz hamkorlikni boshlaganimizda, omborda tartibsizlik hukm surar va har safar kerakli mahsulotni topishga juda ko‘p vaqt sarflanardi.

Shu bilan birga, mijoz allaqachon raqobatchi kompaniyaning hisobga olish dasturidan foydalanayotgan edi, ammo uning funksionalligi mijozning ehtiyojlari uchun yetarli emas edi. Men kompaniya egasiga МойСкладdagi manzilli saqlash tizimi omborda tovarlarni topishni qanchalik osonlashtirishini va buyurtmalarni komplektatsiya qilishni tezlashtirishini ko‘rsatdim. Hozirda ushbu mijoz bilan ishlash men uchun juda maroqli: yangi imkoniyatlarni joriy etish va xodimlarni o‘qitishda o‘zlari juda qiziquvchan va tashabbuskor.

МойСкладni sinab ko‘ring
Shuningdek o’qing:
Читать оригинал на сайте