Muvaffaqiyat tarixlari
Uch oy ichida qurilish materiallari do‘konining aylanmasini qanday qilib 200%ga oshirish mumkin

Uch oy ichida qurilish materiallari do‘konining aylanmasini qanday qilib 200%ga oshirish mumkin

27 December 2024

МойСкладdan foydalanishdan oldin Buxorodagi «Imperiya Lyuks» kompaniyasi do‘konining oylik aylanmasi 80 ming dollarni tashkil etgan, xizmatdan foydalanishni boshlaganlaridan 3 oy o’tib esa bu ko‘rsatkich 250 ming dollarga yetdi. Kompaniya ta’sischi va egasi Ma’murjon G‘iyosov tafsilotlar bilan ushbu maqolada bo’lishdi.

«Imperiya Lyuks» kompaniyasi egasi Ma’murjon G‘iyosov

Biznesni qanday boshlaganimiz haqida

Otam bilan biznesni 2003-yilda devor shpaklyovkasining kichik ishlab chiqarishidan boshlaganmiz. 2006-yilda O‘zbekistonda qurilish materiallariga talab keskin oshganda, biz faoliyatimizni kengaytirishga qaror qildik.

Birinchi do‘konni sarmoyasiz ochdik, chunki ortiqcha pulimiz yo‘q edi. O‘sha paytda biznes uchun binolarni aksariyat tadbirkorlar o‘zlari qurar, ijara bozori deyarli shakllanmagan edi.

Biz quruvchilar bilan ozgina avans to‘lab ishni boshlashga, qolganini bir yil ichida to‘lashga kelishib oldik. Maydoni 30 kv.m. bo‘lgan do‘konni qurish uchun jami 5 ming dollar sarfladik. Mol yetkazib beruvchilardan tovarlarni sotish uchun oldik. Dastlab 5-6 turdagi mahsulotdan boshlagan bo’lsak, ikki yil ichida assortimentimiz 800ta pozitsiyagacha kengaydi.

«Imperiya Lyuks» qurilish mollari do‘koni

Faoliyatimizning birinchi oyida oyiga ming dollarga sotdik, sakkizinchi oyda 8 ming dollarlik oylik tushumga chiqdik. Yaqin atrofdagi hududlarda raqobat bo‘lmagani uchun tez o‘sdik. Bir yil ichida 12 ming dollar sof foyda ko‘rdik, quruvchilar oldidagi qarzni uzdik va qarshimizdagi yerni sotib oldik.

Keyingi do‘konimizni 144 kv. metr maydonda qurdik, 2014-yilda esa 50 ming dollar kredit olib, uchinchi do‘konni qurishga kirishdik. 2019-yilda 600 kv.m maydonli uch qavatli do‘konga ko‘chib o‘tdik.

Hozirda bu yerda santexnika va qurilish materiallari — jami 20 000 turdagi mahsulotlarni sotmoqdamiz. Birinchi qavatda omborxona, ikkinchi qavatda do‘kon, uchinchi qavatda ofis joylashgan. Birinchi do‘konimizni fastfud nuqtasi uchun ijaraga beramiz, ikkinchisida esa Imperiya Lyuks buxgalteriyasi ishlaydi.

Nima uchun МойСкладdan foydalana boshlaganimiz haqida

2017-yilgacha barcha hisob-kitoblarni daftarlarda yuritganmiz. Katta miqdordagi tovarlar va ularning turlari bilan qo‘lda ishlash juda noqulay, qiyin edi: kimdan qancha qarzimiz borligini, kim bizdan qancha qarzdorligini aniq bilmas edik.

Tovar aylanmasi o‘sib bordi, hisob-kitob esa deyarli boshqarib bo‘lmaydigan holatga keldi. Shunda biz biznesni avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy Ferro Soft kompaniyasiga murojaat qildik. Mutaxassislar biz uchun dastur yaratishdi, undan keyinchalik 6 yil davomida foydalandik.

2023-yilga kelib, assortiment sezilarli darajada kengaydi, xodimlar soni va kundalik operatsiyalar soni ko‘paydi. Dasturning joriy imkoniyatlari bizni qoniqtirmay qo‘ydi. 2023-yil oxirida Ferro Soft kompaniyasi МойСкладning rasmiy hamkoriga aylandi va bizga yuqoriroq darajadagi xizmatga o‘tishni taklif qildi. Sinab ko‘rdik va nihoyat biznesimizni to‘liq nazorat qila boshladik.

МойСклад tufayli sotuvchilarni ishbay to‘lovga o‘tkazdik: endi ularda ish haqi va sotuvlarning ma’lum foizi mavjud.

МойСкладda menejerlar bo‘yicha guruhlangan hisobotlar tuzamiz va ularning bonus qismini hisoblaymiz. O‘sishni deyarli darhol ko‘rdik. МойСкладdan foydalanishdan oldin do‘konning oylik aylanmasi 80 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, xizmatdan foydalanishni boshlaganimizdan 3 oy o‘tgach, u 250 ming dollarga yetdi.

Biz uchun va umuman bizning sohada eng katta qiyinchilik — bu raqobat. Biz biznesni boshlaganimizda shaharda 20ga yaqin qurilish materiallari do‘koni bor edi, hozir esa ularning soni minglab. Xaridorlar talabchanroq bo‘lib qolishdi, ularni qanday ushlab qolish haqida doimiy o‘ylashga to‘g‘ri keladi.

Biz doimiy xaridorlar uchun bonus tizimini yaratdik. Bonus foizi 1-4%ni tashkil etadi va do‘konimizda sarflangan pul miqdoriga bog‘liq. Bonus МойСкладning «Kontragentlar» bo‘limida avtomatik ravishda hisoblanadi.

МойСклад bilan kassada o‘zim ishlashni to‘xtatdim va barcha jarayonlarni masofadan turib nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Hozir do‘konga bir-ikki soatga kelaman, qolgan vaqtda strategiya va o‘z ustimda ishlash bilan shug‘ullanaman.

Bu yilgi rejalarim — o‘z veb-saytimizni ochish va mahalliy marketpleyslarga chiqish. Agar yanada kattaroq maqsadlar haqida gapiradigan bo‘lsak, biznesning yangi yo‘nalishini ochishni rejalashtirmoqdaman, ayniqsa, МойСклад tufayli puxta rejalar qurish uchun yetarlicha bo‘sh vaqtim bor.

МойСкладni sinab ko‘ring
Shuningdek o’qing:
Читать оригинал на сайте