Sanjar Tog‘ayev 2017 yildan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Bugun u Uzum marketpleysining top-sellerlaridan biri, shuningdek Wildberries va Ozonda o‘z do‘konlarini rivojlantirmoqda. Uning kompaniyalar guruhi distributsiya, chakana savdo va elektron tijorat yo’nalishlarida faoliyat yuritadi.
Ushbu maqolada u МойСклад kabi ERP avtomatlashtirish vositalari yordamida o‘sib borayotgan raqobat sharoitida biznesni qanday rivojlantirish haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Sanjar 2006-yilda Toshkent Islom Universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo‘nalishini tamomlagan. Karyerasidagi dastlabki qadamlari shahar ma’muriyatidagi ishi bilan bog‘liq bo‘lib, u yerda tadbirkorlarga ko‘maklashgan.
Keyinchalik Savdo-sanoat palatasida bir yil ishlab, so‘ngra Moskvada IP-telefoniyani joriy etuvchi kompaniyada faoliyat yuritgan. Aynan o‘sha yerda u birinchi marta IT-texnologiyalarning kuchiga duch keladi va avtomatlashtirish biznes o‘sishining kaliti bo‘lishi mumkinligini tushunadi.
Toshkentga qaytgach, internet-savdo bilan shug‘ullanuvchi yangi kompaniyada ish boshlaydi. Besh yil ichida sotuvlar bo‘yicha menejerlikdan yo‘nalish rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Sanjar elektron tijorat salohiyatini yuqori baholab, 2018 — yilda hamkorlari bilan birgalikda maishiy texnika va iqlim jihozlari internet-do‘konini ishga tushiradi, shu bilan birga xorijiy brendlarning O‘zbekistondagi distributsiyasini o‘zlashtirdi. Biznesning o‘sishi bilan yangi bilimlarni talab qiladigan muammolar ham paydo bo‘ldi. Shu bois Sanjar O‘zbekiston-Yaponiya markazida miniMBA dasturini o‘tashga qaror qiladi.
Biznes o‘sishi bilan Sanjar ko‘plab tadbirkorlar duch keladigan odatiy muammoga ro‘baro‘ bo‘ldi — buyurtmalar, tovar qoldiqlari va moliyaviy oqimlarni qo‘lda hisobga olishda kichik xatolar to‘planib, katta yo‘qotishlarga olib kelardi. Kundalik ishlar ko‘p vaqt olardi.
Uzoq izlanishlar va ko‘plab sinovlardan so‘ng, Sanjar va uning jamoasi bulutli ERP МойСкладga e’tibor qaratishdi. Bu oddiy, qulay, tezkor va eng muhimi, samarali yechim. Atigi bir oy ichida tizim o‘zining ishonchliligi va samaradorligini aniq raqamlarda isbotladi.
Ilgari buyurtmalarni hisobga olish, ma’lumotlar bazasini yuritish, qoldiqlarni nazorat qilish qo‘lda bajarilar edi. Faoliyatimizning turli yo‘nalishlari va savdo kanallarining ko‘pligini hisobga olsak, bu juda ko‘p vaqt va resurslarni talab qilardi. Marketpleyslarda narxlar, chegirmalar, tovarlarning mavjudligi haqidagi dolzarb ma’lumotlarni yangilab turishda qiyinchiliklar yuzaga kelar edi.
Hozirda bu kundalik vazifalarning barchasini МойСклад bajaradi. Avtomatlashtirish tufayli xodimlar xarajatlarini kamaytirish, strategik vazifalar uchun vaqt ajratish, buyurtmalarni qayta ishlash tezligini oshirishga erishildi.
Tog‘ayev kompaniyasi uchun МойСкладning asosiy afzalliklaridan biri uning bulutli yechim ekanligi bo’ldi. Ma’lumotlarning xavfsizligi haqida qayg‘urishning hojati yo‘q — barcha ma’lumotlar serverlarda ishonchli saqlanadi va ularga dunyoning istalgan nuqtasidan kirish mumkin. Bundan tashqari, tizim muntazam ravishda yangilanadi, texnik qo‘llab-quvvatlash 24 soat ishlaydi va dasturiy ta’minot murakkab sozlashni talab qilmaydi.
Bundan tashqari, МойСклад yordamida avtomatlashtirish tufayli:
Avtomatlashtirish Sanjarga haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsalarga — strategik rivojlanish, brendni mustahkamlash va bozorda yangi imkoniyatlarni topishga e’tibor qaratish imkonini berdi.
Sanjarning ta’kidlashicha, avtomatlashtirish va tahlil zamonaviy biznesning poydevori hisoblanadi. Ular qo‘lda boshqarishdan chuqur tahlil va faoliyatni kengaytirishga o‘tish imkonini beradi.
Bozorning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslashish, aniq ma’lumotlar asosida byudjetni samarali taqsimlash va kundalik vazifalarni mohirona taqsimlash egasiga mijozlar tajribasiga e’tibor qaratgan holda strategik rivojlanish va brend qurishga diqqatini jalb qilish imkonini beradi.
Sanjar moliyaviy intizom va aylanma mablag‘larni qat’iy nazorat qilishni ham juda muhim deb hisoblaydi.
U boshlovchi tadbirkorlarga bozorni sinchkovlik bilan o‘rganish, raqobatchilarni tahlil qilish va gipotezalarni kichik sarmoyalar bilan sinab ko‘rish, CRM tizimlari va avtomatlashtirish vositalaridan ishning birinchi kunlaridanoq foydalanishni maslahat beradi.
Oflayn biznes, onlayn biznes va marketpleyslardagi biznes bir xil asosiy tamoyillarga quriladi. Hatto sotuv internet orqali amalga oshirilsa ham, biz hali ham jismoniy tovarlar bilan ishlaymiz: ular real dunyoda xaridorlarga yetkazib beriladi, omborlarda saqlanadi va jarayonning har bir bosqichi aniq boshqaruv va tizimlashtirishni talab qiladi.
Shu sababli, «Uzum Marketda qanday qilib top-seller bo‘lish mumkin?» degan savolga javob berish o‘rniga, Sanjar tizimli biznes qurishga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi va muvaffaqiyatni tasodif deb hisoblamaydi.