Yusuf G‘iyoziddinov — Uzum Market top-selleri, 8 ta do‘konni boshqaradi, 200 000 dan ortiq buyurtmani amalga oshirgan. 2023-yil yanvaridan beri platformada savdo qilmoqda.
Bundan tashqari, Yusuf boshqa sellerlar uchun mahsulot xaridi, suratga olish va buyurtmalarni yetkazib berish jarayonlarida ko’maklashish xizmatlarini amalga oshiradi.
Uzum marketpleysidagi savdo faoliyatimni 2022-yil dekabrda boshladim. Platformaga ilk bor kirganimda, vaziyat farqli ravishda osoyishta edi. Esimda, birinchi marta Uzum omboriga borganimda, tovarlarni kimga topshirishni bilmay qolgan edim, chunki hali navbatlar yo‘q edi-da.
Uzumgacha ham biznesda tajribam bor edi. Bir nechta Instagram do‘konlarini ochib, ularni target va kontekstli reklama orqali targ’ib qilib, savdo yuritganman, shuningdek, mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan edim.
Uzum haqida eshitgach, bu Rossiyadagi Wildberries kabi keng ko‘lamli loyiha bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, sinab ko‘rishga qaror qildim. Marketpleysga jo‘natgan tovarlarimning birinchi to‘plami yaxshigina sotildi. Bundan quvonib, davom etishga qaror qildim.
Dastlab xunarmand ayollar to‘qigan yumshoq o‘yinchoqlarni sotdim. Ammo tez orada Uzum uchun yanada xilma-xil va kamroq mehnat talab qiladigan mahsulotlar zarurligini angladim. Bozordan tovarlar xarid qilishni boshladim, so‘ng ularni platformaga joyladim. Sotuvlar yurishib ketdi. Keyinchalik Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarni yanada arzonroq narxda katta miqdorda sotib olishga kirishdim.
Har qanday tadbirkor singari, men ham o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keldim va haligacha duch kelaman. Dastlabki oylarda barchasi silliq ketayotgan edi, biroq hajmlar oshgach, yo‘qolgan tovarlar va Uzum tomonidan beriladigan kompensatsiyalar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshladi.
Qiyinchiliklar tufayli men tez-tez «bo’ldi, yig’ishtirish kerak bu ishni» degan fikrga kelar edim. Lekin taslim bo’lishga doim ulguraman, avval yangi yo‘llarni izlash kerak degan qarorga keldim. Ko‘p o‘tmay, Xitoydan yanada noodatiy va qiziqarli mahsulotlarni sotib olishni rejalashtirdim. Bu menga Uzumda o‘z o‘rnimni topishimga va xaridorlarni jalb qilishimga yordam berdi.
Hajmning o‘sishi Xitoydan yetkazib berishda qiyinchiliklarga olib keldi. Ularni hal qilish uchun SKU sonini 1000 dan 150 gacha qisqartirdim va haqiqatan ham talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarga e’tibor qaratishga, shuningdek, qoldiqlarni boshqarishni soddalashtirishga qaror qildim.
Aniq hisob yuritish uchun avtomatlashtirish tizimidan, ya’ni logistikani boshqarishni sezilarli darajada soddalashtirgan ERP МойСкладdan foydalana boshladim. Bu menga mahsulotni barcha bosqichlarda kuzatib borish imkonini berdi: o‘z omborimga qabul qilishdan tortib, Uzum Marketga jo‘natish va mijozga yetkazib berishgacha.
ERP МойСклад bilan ishlash moliyaviy hisobotni takomillashtirdi va loyihaga ko‘proq investitsiyalarni jalb qilish imkonini berdi. Chunki investorlar uchun nafaqat biznesning hozirgi holati, balki uning rivojlanish dinamikasini ham ko‘rsatish muhimdir.
Marketpleyslarda muvaffaqiyatli savdo qilish uchun nafaqat sifatli mahsulotlarni sotib olish, balki bozorni to‘g‘ri tahlil qilish ham muhim. Men MPSTATS va 1688 kabi vositalardan foydalanib, qaysi mahsulotlarga boshqa bozorlarda talab yuqori ekanligini va qaysilari Uzumda sotish uchun istiqbolli bo‘lishini kuzatib boraman.
Albatta, bu aynan xalqaro bozorlarda ommabop bo‘lgan mahsulotlarni olish kerak degani emas. Ammo bugungi kunda vaziyat shundayki: ijtimoiy tarmoqlar tufayli biz taxminan bir xil axborot maydonida bo‘lib, 50-60 foiz ehtimol bilan xuddi shu darajadagi talabga umid qilishimiz mumkin. Men tovarlarni toifalar bo‘yicha tahlil qilib, haqiqatan ham daromad keltirish ehtimoli yuqori mahsulotlarni tanlayman.
Targ‘ibot uchun ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanaman. Telegramda 50 ming obunachiga ega «Узумнутый» kanalim bor. U yerda Uzumdagi mahsulotlar reklamasini joylashtiraman. Shuningdek, yangi mijozlarni jalb qilish uchun Instagram reklamasidan foydalanamiz.
Biznesni rivojlantirishdagi asosiy qadamlardan biri raqamlashtirishni joriy etish bo‘ldi. МойСклад yordamida omborda qancha mahsulot borligi va qanchasi sotilganligi haqida aniq ma’lumot olaman.
Tizim menga tovarlar harakatini kuzatish, yetkazib berishni boshqarish va jarayonlarning shaffofligini ta’minlash imkonini beradi. Bu mening biznesim qanday ishlayotgani haqida to‘liq tasavvur beradi.
Ko‘plab tadbirkorlar shaffof jarayonlar va to‘g‘ri hisobotlarning yo‘qligi muammosiga duch kelishadi. Ammo МойСклад tufayli men aniq ma’lumotlar asosida P&L (foyda va zararlar) jadvalini tuza olaman, bu esa moliyaviy natijalar haqida aniq tasavvur beradi.
Tizim vositachilik haqi, logistika va qo‘shimcha to‘lovlarni avtomatik ravishda hisobga oladi, bu esa foydani aniq hisoblashga yordam beradi. Shuningdek, o‘rtacha chek, savdo statistikasi, qaytarishlar va tovar aylanmasi bo‘yicha hisobotlar ham mavjud. Endi men qaysi tovarlar maksimal foyda keltirishini va qaysilarini assortimentdan chiqarish vaqti kelganini aniq bilaman.
Bugungi kunga kelib 200 mingga yaqin buyurtmani bajarib, biznesimni rivojlantirishda davom etmoqdaman. Hozirda nafaqat Uzumda sotish bilan, balki boshqa sohalar bilan ham shug‘ullanaman: sellerlarga fulfillment, tovarlarni suratga olishni tashkil etish va Xitoydan yetkazib berishda yordam beraman.
Ikki yildan ortiq vaqt o‘tdi va shu davr ichida bozordagi o‘zgarishlarga moslashishni, logistika muammolarini hal qilishni va raqamli vositalar yordamida biznesni boshqarishni o‘rgandim. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, oldinga intilishda va faoliyatimni kengaytirishda davom etmoqdaman, chunki men uchun nafaqat muvaffaqiyat, balki doimiy takomillashuv ham muhimdir.