Internet-do‘konni avtomatlashtirish dasturi

Buyurtmalar nazorat ostida, xaridlar o‘z vaqtida, foyda ko‘z oldingizda

Bepul qo’llab ko’rish
Internet-do‘konni avtomatlashtirish dasturi

Internet-do‘kon, marketpleyslar va Telegramda savdo qilish uchun mos keladi

Buyurtmalarni aniq va o‘z vaqtida bajaring

Internet-do‘kondan МойСкладga buyurtmalar yuboriladi, МойСкладdan esa tovarlar va ularning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar qaytariladi.

Barcha buyurtmalar bir joyda

Barcha savdo kanallaridan buyurtmalarni bitta oynada kuzatib boring.

Qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish

Veb-saytda yoki xizmatning o‘zida mutaxassislar bilan aloqa. Onlayn savdoda hisobni yuritish bo‘yicha bepul video darslar.

Tayyor integratsiyalar

Tayyor integratsiyalar

Dasturlashtirishsiz barcha imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin

Istalgan turdagi CMS va sayt konstruktorlaridan foydalanishingiz mumkin:

Tilda, 1C-Битрикс, InSales, WooCommerce.

Telegram do’kon

Telegramdagi do‘kon chat-botini ulang, buyurtmalarni yig‘ish uchun hujjatlarni bitta tugmani bosish orqali darhol tayyorlang, mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri МойСкладdan messenjer orqali xabarlar jo‘nating, sotuvlar haqida hisobotlar qabul qiling.

Marketpleyslarda savdoni yuritish

Uzum Market, Ozon va Wildberries bilan integratsiyalar mavjud

Marketpleyslarda savdoni yuritish

Har bir platformaning shaxsiy kabinetlariga kirmasdan savdoni boshqarish. Qoldiqlarni nazorat qiling, mahsulotlar va narxlarni marketpleyslarga uzating, u yerdan buyurtmalarni qabul qiling — barchasi bir joyda. Barcha vitrinalardagi mahsulotlar va narxlar avtomatik ravishda yangilanadi.

Istalgan vaqtda qancha daromad qilganingiz, qachon va qanday mahsulot xarid qilish kerakligi haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Sotuvlar statistikasi asosida ta’minotchilarga buyurtmalar bering. Sotish kanallari bo‘yicha to‘liq statistika «Прибыльность” (Daromadlilik) hisobotida aks ettiriladi.

Buyurtmalarni yig‘ishni shtrix-kodli yorliqlarni ommaviy tarzda chop etish orqali qo‘lda bajarishga nisbatan 90% gacha tezroq amalga oshirishingiz mumkin.

Xaridorlar buyurtmalarini qayta ishlash

Xaridorlar buyurtmalarini qayta ishlash

Qo‘lda bajarganga qaraganda 90% gacha tezroq

«Buyurtma asosida» va ombordan ishlash imkoniyati. Yangi buyurtmalar haqida xabarnomalar. Buyurtma ma’lumotlari: holatlar, to‘lov va yetkazib berish usullari hamda boshqa parametrlar. Parametrlar bo‘yicha saralash. Tanlangan buyurtmalarni ommaviy qayta ishlash: kuryerlar va menejerlarni belgilash, holatni o‘zgartirish, jo‘natmalarni shakllantirish va boshqalar.

Dolzarb ma’lumotlarga tayaning. Mijozga nimani va’da qila olishingizni aniq biling: buyurtma kiritish paytida tovar qoldig‘i haqidagi ma’lumotlar, xaridor buyurtmasi uchun zaxiralash imkoniyati.

Kuryerlar va yetkazib berish xizmatlari

Buyurtmalarni kuryerlarga taqsimlang, yetkazib berish usullarini belgilang

Kuryerlar va yetkazib berish xizmatlari

Ommabop yetkazib berish xizmatlari bilan integratsiya:

СДЭК, ПЭК, Boxberry va boshqalar.

Kuryerlik va pochta xizmatlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish

Yetkazib berilgan buyurtmalar soni va qiymati, yo‘nalish uzunligi va boshqa ko‘rsatkichlar asosida kuryer mukofotini hisoblash. Kuryer hisoboti: u qancha pul va qanday tovarlarni topshirishi kerakligi. Yo‘nalish varaqalarini chop etish. Yetkazib berish xizmatlari uchun arizalar va buyurtmalar ro‘yxatini chop etish. Yetkazib berish xizmatlari tannarxini hisobga olish.

МойСклад kassasida bulutli cheklar yarating.

Ilova ma’lumotlarni ofisdagi onlayn-kassaga yuboradi, uni o‘zingiz bilan olib yurishingiz shart emas. Onlayn kassa bitta, sotuvchilar va kuryerlar soni esa cheklanmagan.

Xaridlar va ombor hisobi

Xaridlar va ombor hisobi

Doimo omboringizdagi tovarlar miqdorini va nimani xarid qilish kerakligini bilib turing

Qoldiqlar: amaldagisi va zaxirani hisobga olgan holda. Tovar xususiyatlari va seriya raqamlari. Komission tovarlar bilan ishlash. To‘plamlar savdosi. Shtrix-kodlarni yaratish va chop etish, skanerlarni ulash. Yorliqlar va narxnomalar — vizual muharrir va qulay chop etish imkoniyati.

Tovar va kontragent bo‘yicha xaridlar tarixi. Exceldan ta’minotchilarning yuk xatlari va narx ro‘yxatlarini import qilish. Elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan yuklash. Kontragentlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni to‘g‘rilash.

Xaridlarni rejalashtirish. Xaridorlar buyurtmalaridan yetkazib beruvchilarga buyurtmalar yaratish, omborni minimal qoldiqgacha avtomatik to‘ldirish, sotuvlar statistikasi asosida buyurtma berish. Komplektlarni tekshirish. Tovar tugayotgani, kechiktirilgan yuklar va boshqalar haqida bildirishnomalar.

CRM yoki mijozlar bazasi bilan ishlash

Qayta xaridlarni rag‘batlantiring

Mijozlar va kontaktlar uchun qulay ma’lumotnoma Mijozlar va kontaktlar uchun qulay ma’lumotnoma

Takrorlanishlarni tekshirish va foydalanuvchi maydonlari. Foydali karta — mijoz haqidagi barcha ma’lumotlar bitta ekranda: buyurtmalar tarixi, o‘rtacha chek miqdori, xaridlar soni, sotuvlar summasi va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha baza segmentatsiyasi, shu jumladan kogorta va RFM tahlili.

Sodiqlik tizimi Sodiqlik tizimi

Turli xaridorlar uchun chegirma va bonus dasturlarini sozlash imkoniyati.

Vazifalarni belgilash va xodimlarning ishini bir joyda nazorat qilish Vazifalarni belgilash va xodimlarning ishini bir joyda nazorat qilish

Barcha muloqotlar va o‘zgarishlar hodisalar lentasida hamda hujjatlar va kontragentlar auditida aks ettiriladi. O‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarnomalar, shuningdek rejalashtirilgan va muddati o‘tgan vazifalar haqidagi eslatmalar ham mavjud.

Sotuv voronkasi Sotuv voronkasi

Mijozlar va buyurtmalar bo‘yicha rentabellik va sotish statistikasi, foyda va zararlar.

Kengaytirilgan savdo tahlili

Kengaytirilgan savdo tahlili

Har bir buyurtma, sotish kanali va umuman kompaniya bo‘yicha haqiqiy foydani ko‘ring

O‘rtacha chek, sotish va qaytarish statistikasi, qoldiqlar va aylanmalarni kuzatib boring

Qaysi mahsulot sotilmay qolganini, qaysinisiga chegirma berish vaqti kelganini va qaysinisiga narxlarni oshirish kerakligini bilib oling.

Turli savdo maydonchalaridagi natijalarni taqqoslang

Daromad va xarajatlar hisobotini ko‘rib chiqing.

Yetkazib berish narxini hisobga oling

Shunda siz har bir buyurtma bo‘yicha haqiqiy foydani ko‘rasiz.

Yunit-ekonomika

Sotish kanallari bo‘yicha har bir mahsulotning foyda va rentabelligini ko‘rish imkoniyatini taqdim etamiz.

Yunit-ekonomika

Mahsulotni muayyan kanalda sotish zarurligini foyda va rentabellik asosida baholang.

Savdoni qayerda kuchaytirish lozimligini aniqlang: qo‘shimcha turkumni omborga jo‘natish yoki qoldiqlarni qayta taqsimlash.

Alohida omborlar bo‘yicha qoldiqlarni boshqaring: tovarlarni yaxshiroq sotiladigan omborlarga jo‘nating. Tovarlarning omborlarga taqsimlanishini oldindan bashorat qiling.

Har bir savdo kanalining foyda va rentabelligidan kelib chiqib, yangi narxlarni belgilang. Muayyan kanalda past rentabellik bo‘lsa narxni oshiring yoki savdoni ko‘paytirish uchun pasaytiring.

Управляйте бизнесом из одного окна

Zaxiralarni vaqtida to‘ldiring

Barcha tovarlar va omborlar bo‘yicha hisobot — amaldagi qoldiqlar, zaxiralar va ombordagi kunlar soni. Mahsulot tugashi haqida bildirishnomalar.

Ta’minotchilarga buyurtmalar

Ommabop mahsulotlar doimo mavjud bo‘lishi uchun sotuv statistikasi yoki minimal zaxira asosida ta’minotchilarga avtomatik buyurtmalar beriladi. Zaxiralar bashorati esa mahsulotning necha kunga yetishini ko‘rsatadi.

Manzilli saqlash

Tovar pozitsiyalarini javondagi o‘rni bo‘yicha guruhlang va qaysi tovar omborda qayerda joylashganini doimiy bilib turasiz.

Inventarizatsiya

МYT (ТСД) yoki mobil telefon kamerasi yordamida shtrix-kodlarni skanerlang. Hujjatlardagi va amaldagi miqdor o‘rtasidagi farqni dasturning o‘zi aniqlab beradi. Joriy qoldiqlarni yuklang, haqiqiy miqdorlarni kiriting — hisobdan chiqarish yoki kirim qilish uchun hujjatlar avtomatik tarzda yaratiladi

МойСклад — veb-sayt, e’lonlar taxtasi, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi barcha turdagi onlayn savdo uchun bulutli yechim. Shuningdek, u onlayn savdo uchun to‘laqonli bek-ofis vazifasini bajaradi. Buyurtmalarni qayta ishlash, yetkazib berishni nazorat qilish, omborni boshqarish, xaridlarni rejalashtirish, mijozlar bazasi bilan ishlash, hujjatlarni chop etish, moliyaviy nazorat va savdo tahlilini o‘z ichiga oladi.

Tashqi tizimlar bilan soddalashtirilgan integratsiya: onlayn kassa, elektron hujjat aylashinuvi, MoySklad tizimidagi voqealar haqida SMS-xabarnomalar

CRMni joriy etish natijalarini qanday baholash mumkin

Internet-do‘kon uchun ommabop CMSlar bilan sodda integratsiya. Tez ishga tushirish imkoniyati — o‘rnatish va joriy qilish talab etilmaydi. Sinov muddati — ro‘yxatdan o‘ting va hoziroq sinab ko‘ring, bu bepul.