Yorliqlarni chop etish uchun dastur
Chakana savdo va marketpleyslar uchun onlayn yorliqlar yarating va chop eting
O‘rnatilgan andozalar bir necha klik orqali mahsulot stikerlarini chop etish imkonini beradi

Qulay andozadan foydalaning. Bir vaqtning o‘zida turli xil mahsulotlar uchun yorliqlarni chop eting.
O‘zingizga kerakli o‘lcham va formatni tanlang: Excel, PDF. Yorliqlarni oddiy printerda — A4 varaq yoki termolentada chop eting.
Istalgan joyda onlayn ishlang — hech narsani yuklab olish shart emas, dasturdan istalgan vaqtda va istalgan qurilmadan foydalanish mumkin.
O‘z andozangiz bo‘yicha onlayn yorliqlar yarating

O‘z andozangizni sozlang: logotip, kompaniya nomi, seriya raqami yoki boshqa xususiyatlardan foydalaning. Rasmni oddiy URL havolasi bilan qo‘shing.
Oldindan ko‘rish rejimida yorliq qanday ko‘rinishini tekshiring. Zarur bo‘lsa, uni qayta ishlash, masalan, elementlarni ko‘chirish va matnni moslashtirish oson.
FBO marketpleyslar uchun yorliqlar

Marketpleyslar uchun shtrix-kodli yorliqlarni chop eting.
Barkodlarni МойСкладga yuklang. Xizmat ularni EAN-13 yoki Code 128 formatiga o‘tkazadi. Siz faqat marketpleys uchun yorliq o‘lchamini tanlashingiz va chop etishingiz kerak bo’ladi.
Yorliqlarni yaratishda МойСклад dasturining qulayligi nimada
- Sodda va qulay interfeys bir necha klikda yorliqlarni onlayn sozlash va chop etish imkonini beradi.
- Har qanday biznes uchun mos keladi: chakana savdo, internet-do‘kon, Uzum, Wildberries, Ozon marketpleyslari, shuningdek, markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlashda.
- Mahsulot uchun yorliqlarni har qanday qurilmada: kompyuterda, smartfonda, iOS, Android yoki Windows planshetida yaratish mumkin.
- Stikerlarni tahrirlash oson: logotip, shtrix-kod, boshqa elementlar qo‘shish, kerakli o‘lchamni tanlash.
- Dasturdan yorliqlarni termoprinterda yoki oddiy printerda chop etish uchun foydalanish mumkin.
МойСклад — bu nafaqat yorliqlar va narxnomalarni tayyorlash uchun dastur, balki do‘kon yoki savdo nuqtasini avtomatlashtirish uchun to‘liq tizimidir.
Real vaqt tarzida sotuvlar dinamikasini kuzatib boring, qoldiqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfondan nazorat qiling, mijozlar bazasi bilan ishlang, onlayn ombor hisobini yuriting.
Jarayonlarni avtomatlashtirish sizga tezroq savdo qilish va aniq tahlil qilish imkonini beradi — nima yaxshiroq sotiladi, qachon narxlarni o‘zgartirish va boshqa ko‘p narsalar. Shu bilan birga, xizmatda bepul tarifda ham to‘liq ishlash mumkin.