Chakana savdo do’koni uchun dastur
Tovarlar hisobi, kassir ish joyi, CRM va sotuvlar tahlili bir joyda.
MXIKni (ИКПУ) qo‘llab-quvvatlash

Dasturni har qanday chakana savdo nuqtasida: do‘kon, kichik do’koncha, marketda ishlatishingiz mumkin.
- sotuvlarni masofadan, hatto smartfon orqali nazorat qilish
- xaridlarni avtomatik boshqarish
- yorliqlar, narxnomalar va hujjatlarning yagona shakllarini chop etish
- MXIKni avtomatik to‘ldirish
Bepul tarifda ham to‘liq ishlash mumkin.
Sotuvchi-kassirning ish joyi
Har qanday kompyuter, noutbuk, planshet, smartfondan ishlaydi

Sotuvlar va qaytarishlarni ro‘yxatga olish. Aralash to‘lov: naqd + karta. Aksiyalar, chegirmalar, bonuslar va sodiqlik dasturlari. Click, Payme, Anor, Uzum tizimlarida QR orqali to‘lovlarni qabul qilish.
Kilolik, dona, quyma tovarlar bilan ishlash. Komplektlar sotuvi.
Onlayn kassalar va cheklar uchun X-Printer bilan integratsiya. Narxnomalar va yorliqlar muharriri. Ilovada 24/7 qo‘llab-quvvatlash chati.
Smena uchun umumiy tushum va naqd pul qoldig‘ini hisobga olish. Kassa intizomiga rioya qilish.
Qonun talablariga rioya qilish

MXIK (ИКПУ) bilan ishlash: hisobvaraq-fakturalar bilan ishlash, QR-kodli cheklar chop etish uchun tovarlar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri МойСкладdan to‘ldiring.
MXIK, qadoqlash, shtrixkodlarni qidirish va to‘ldirish: tovarlarni nomi, shtrixkodi va MXIK bo‘yicha toping va to‘ldiring.
Hatto eskirgan MXIK kiritilgan bo‘lsa ham, faqat oxirgi amaldagi MXIKni ko‘rasiz.
Markirovkani qo‘llab-quvvatlash

Ilgari hisob yuritmagan bo’lsangiz ham, noldan boshlab tezkor bepul markirovkalash imkoni bor. Tamaki mahsulotlari, alkogol, dori vositalari, tibbiy buyumlar, qadoqlangan suv va salqin ichimliklar uchun AslBelgisi raqamli markirovkalash milliy tizimi bilan integratsiya.
E-POS kassasi ulangan МойСкладga markirovka kodlarini qo‘shing va ularni sotish paytida skanerlang.
Hisob tizimi
Istalgan miqdordagi savdo nuqtalarini boshqarish

Tovar omborda tugayotganligi to‘g‘risidagi bildirishnomalar bilan qoldiqlarni nazorat qilish. Savdo nuqtalari kesimida sotuvlar statistikasi. Uning asosida xaridlarni rejalashtirish, yetkazib beruvchilarga buyurtmalar berish.
Aylanmalar, qoldiqlar, pul harakati, foyda va zararlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar. Barcha hisobotlarni tovarlar, hamkorlar yoki xodimlar kesimida sozlash mumkin.
Tuzatish hujjatlarini avtomatik ravishda yaratgan holda smartfon yoki TSD orqali inventarizatsiya qilish. Ombor hujjatlari, shartnomalar konstruktori va boshqa shakllarni chop etish.
Bepul chakana savdo dasturi sizga qanday yordam beradi
МойСклад chakana savdodagi barcha biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun yagona tizim yaratdi:
- Do‘kon kassirlarining ishini nazorat qiling. Umumiy va har bir nuqta bo‘yicha alohida smenaning ochilishi va yopilishini kuzatib boring.
- Savdo nuqtalaridagi qoldiqlarni kuzatib boring. МойСклад xabarnomalar nima tugaganini ko‘rsatadi. Dastur sotuvlar statistikasi asosida yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni shakllantiradi.
- Bek-ofisni ulang va chakana savdo do‘konlarida real vaqt tarzida sotuvlar dinamikasini kuzating.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng sinov davri boshlanadi — 14 kun. Bu vaqtda dasturning o‘zi va chakana savdo uchun barcha vositalar siz uchun bepul bo‘ladi. Keyin mos tarifni tanlang yoki bepul versiyada ishlashda davom eting: bitta foydalanuvchi, bitta savdo nuqtasi va bitta yuridik shaxs bilan ishlash mumkin.
МойСкладdan savdo uchun dasturning afzalliklari nimada
- Maxsus ko‘nikmalarni talab qilmaydi.
- Chakana savdoda ishlatiladigan uskunalar bilan mos keladi. Onlayn kassa, karta qabul qilish terminali va shtrix-kod skanerini ulang. Yorliqlar va narxnomalarni chop eting.
- Tovarlarning to‘liq hisobini yuritish imkonini beradi. Tushumlarni qayd eting, inventarizatsiyadan keyin mahsulotni hisobdan chiqaring, do‘konlarda qoldiqlarni kuzating, kerakli hujjatlarni chop eting.
- Kompyuter, noutbuk, planshet yoki smartfonda onlayn va oflayn ishlaydi.
- Dastur chatida 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud.