Excelda ombor dasturi

Exceldagidek ombor hisobi, lekin yanada qulay va jadvallarni to’ldirish zaruriyatisiz

Bepul qo’llab ko’rish
Excelda ombor dasturi

Chakana va ulgurji savdo, ishlab chiqarish, franchayzing, hamkorlikdagi xaridlar uchun

Excelda ombor hisobi Excelda ombor hisobi

Ombor operatsiyalarini an’anaviy usulda — o’zbek tilidagi Excelda tovar hisobini yuritish jadvaliga kiriting. Quyidagi shablonni yuklab oling va to‘ldirishni boshlang. Unda darhol ombor hisobini yuritish uchun barchasi tayyor: nomenklatura va xaridorlar ma’lumotnomalari uchun varaqlar mavjud.

Shablon kerak
Excelsiz ombor hisobi Excelsiz ombor hisobi

70% gacha vaqtingizni tejang. Barcha savdo kanallari bo‘yicha mahsulotlar va narxlarni bitta oynada tahrirlang. Haqiqiy daromad, xarajat va foydani ko‘ring. Qoldiqlarni nazorat qiling va zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldiring — dastur tovar tugayotgani haqida xabar yuboradi.

МойСкладni ulash

Ombor hisobini qanday qilib oson va samarali yuritish mumkin

МойСклад bilan 70% gacha vaqtni tejang

Ombor hisobini qanday qilib oson va samarali yuritish mumkin

Excel faqat kirim va chiqimni yozib borish uchun mos keladi, uning imkoniyatlari cheklangan. Omborni yuritish uchun dastur esa ko‘proq vazifalarni uddalaydi — bu quyidagilarni o‘z ichiga olgan tizim:

  • Sotish statistikasi yoki minimal qoldiq asosida ta’minotchilarga buyurtmalar.
  • Tovarni ta’minotchi uchun yaratilgan buyurtmadan qabul qilib olish, komplektatsiyani tekshirish.
  • Tuzatuvchi hujjatlarni avtomatik ravishda yaratgan holda smartfon yoki MYT orqali inventarizatsiya o‘tkazish.
  • Onlayn narxlar ro‘yxati: Exceldagi jadvallarsiz havola orqali tovarlar katalogini yuborish.
  • Hisobotlarni tovarlar, omborlar va xodimlar kesimida sozlash. Kundalik jo’natmalarni mobil ilova orqali ulash mumkin.
  • Etiketka va narxnomalarni yaratish: shablonlardan foydalaning yoki o‘zingizga moslab tayyorlang, so‘ngra ommaviy chop eting.

50 000dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi

50 000dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi

Noldan tezkor boshlash

Hech narsani o‘rnatmaysiz. Shunchaki ro‘yxatdan o‘ting va mahsulotlaringizni yuklang. Sozlash uchun o‘rtacha 15 daqiqadan bir soatgacha vaqt ketadi.

50 000dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi

Excelga qaraganda ishonchliroq

Ma’lumotlaringizni avtomatik keshlash bilan bulutda saqlaymiz. Qo‘shimcha himoya uchun xodimlarga kirish huquqlarini sozlash mumkin.

50 000dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi

Turli bizneslar uchun

Bir nechta yuridik shaxslar va omborlarni qo‘llab-quvvatlash mavjud. Bitta savdo nuqtasi uchun bepul tarif doimiy xizmatingizda.

Excelda ombor hisobi qanday yuritiladi

An’anaviy usulda ombor hisobini yuritishni istasangiz, mana kartochkalarda oddiy yo’riqnoma

Ma’lumotnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtiring

Ma’lumotlarni kiritishda kataklarga iloji boricha ko‘proq ma’lumot qo‘shing: masalan, kodlar, artikullar, narxlar, QQS.

Ma’lumot uchun: МойСкладda hisobga olishda tovarlar to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlar hujjatlarga avtomatik ravishda kiritiladi.

Qoldiqlarni miqdoriy va summaviy ko‘rinishda hosil qiling

Sotuvlarni «bo‘sh qog‘oz"dan rasmiylashtirmang. Ish boshida to‘g‘ri ma’lumotlar keyinchalik jarayonda adekvat hisobotlar beradi.

Hujjatlarni rasmiylashtirishda xronologiyaga rioya qiling

Tovarni ta’minotchidan omborga kelishini qat’iy ravishda u xaridorga jo‘natilishidan oldin ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Aks holda, tannarx «siljiydi» va siz haqiqatda qancha ishlab topganingizni aniq hisoblay olmaysiz.

Ma’lumot uchun: МойСкладda har bir tovarni sotib olish va sotish uchun siz istalgan sanani ko‘rsatishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot to‘plang

Masalan, yetkazib berish va to‘lash usuli, yuklab jo‘natish sanasi, buyurtmachining nomi, menejerning ismi. Bularning barchasi kelgusida kuryerlarga yo‘nalish varaqalarini tuzish, menejerlarga ish haqi hisoblash, statistikani tahlil qilishda kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: МойСкладda ma’lumotnoma va hujjatlarda foydalanish uchun istalgan miqdordagi bo‘sh maydonlarni yaratish mumkin.

Ombor hisobini qanday optimallashtirish mumkin

Excelda

Excelda hisob-kitob yuritish jadvali faqat oz miqdordagi tovar bilan savdo qilsangiz va kuniga bir nechta ombor operatsiyalari bo‘lsa, mos keladi.
Asta-sekin ma’lumotlar ko‘payadi. Ma’lum bir paytda barchasini bir vaqtning o‘zida qayta ishlashning iloji bo‘lmay qoladi. Excelda qancha ko‘p hisob yuritsangiz, shuncha ko‘p vaqt va kuch behuda sarflaysiz. Barcha hisob-kitoblarni avtomatik ravishda amalga oshiradigan hisob dasturiga o‘tish samaraliroq bo‘ladi.

Excel yordamisiz

МойСкладda telefon orqali inventarizatsiya o‘tkazish, qoldiqlar asosida ta’minotchilarga buyurtmalar yaratish, xaridlarni hisobga olish va rejalashtirish, bir nechta omborlarni yuritish va xodimlarni ulash mumkin.
Boshqa xizmatlar bilan integratsiyalar mavjud: mesenjerlar, marketpleyslar, AslBelgisi markirovkalash tizimi, internet-do‘kon. МойСклад — savdo uchun kuchli bek-ofis. Biz bilan hisobni osonroq va qulay olib borishni sinab ko’ring.

Ehtimol, bu jadvallar ortiqchadir? Keling, ombor hisobini МойСкладda
avtomatlashtiramiz ;)
Bizda yordam beradigan menejer ham bor. nima qilish va qayerga bosish kerakligi ko‘rsatilgan kurslar ham mavjud