Avto ehtiyot qismlar do‘koni uchun dastur

Tovarlar va narxlarni boshqaring, mijozlar va ta’minotchilar bilan ishlang, ombor hisobini yuritib, chakana, sayt orqali yoki Uzum Marketda savdo qiling

Foydalanishni boshlash
Avto ehtiyot qismlar do‘koni uchun dastur

Chakana, ulgurji va onlayn-savdo uchun mos keladi

Barcha buyurtmalar bir joyda

Internet-do‘kon, ijtimoiy tarmoqlar, Uzum Market. Buyurtmalar МойСкладga, qoldiqlar va narxlar esa bir vaqtning o‘zida barcha platformalarga uzatiladi.

To‘lovl qabul qilishning barcha usullari

Aralash to‘lov: naqd pul + karta. QR-kodlarni qo‘llab-quvvatlash. Kassa va tovar cheklari.

Tezkor start

Ilovani o‘rnating, onlayn kassani ulang va kassir ish joyi ishga tayyor. Dastur chatida 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati bor, bepul videodarslar.

Kassirning ish joy

Kassirning ish joy

O‘qitishsiz tezkor ishga tushirish, Windows, Android va iOS versiyalari

Dastur chatida, kassir va do‘kon direktori uchun bepul video darslar.24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati.

Narxnoma, tovar va kassa cheklarini chop etish.
Qog‘oz chekni chop etishni o‘chirib, elektron chek berish imkoniyati.

To‘lovlarni barcha usullar bilan qabul qilish.
Naqd pul, karta, aralash to‘lov, QR-kodlar orqali (E-POS ulangan bo‘lsa).

Kassa smenalari. Umumiy tushum va smenadagi naqd pul qoldig‘i hisobi, X- va Z-hisobotlar — ish kuni oxirida smartfoningizda.

Onlayn buyurtmalarni topshirish. Internet-do‘kon, ijtimoiy tarmoqlardan buyurtmalar oling yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kassada yarating.
Xaridorga buyurtmani topshirganda oldindan qilingan to‘liq yoki qisman to‘lovni hisobga olgan holda kassa chekini chop eting.

Mahsulotlar, narxlar, chegirmalarni boshqaring

Barcha savdo kanallarini bitta dasturda boshqaring

Mahsulotlar, narxlar, chegirmalarni boshqaring

Moslashuvchan narx boshqaruvi

Turli xil narxlar: minimal, maxsus, ma’lum bir xaridor uchun va boshqalar. Chek yoki pozitsiyaga chegirmalar. Tanlangan mahsulotlarga chegirmalarni taqiqlash. Bir vaqtning o‘zida barcha kanallarda ommaviy tahrirlash: sayt, marketpleyslar, ijtimoiy tarmoqlar.

Shtrix-kodlar bilan ishlash

EAN-8, EAN-13, Code128 va boshqalarni yarating.
Skaner yordamida chek yoki hujjatlarga pozitsiyalarni tezda qo‘shish uchun ularni narxnoma va etiketkalarda chop eting.

Etiketkalar va narxnomalarni chop etish

Tayyor shablonlardan foydalaning yoki interaktiv muharrirda o‘zingiznikini yarating. Logotip va kompaniya nomini, mahsulotning seriya raqami va tavsiflarini qo‘shing. Bittalab yoki ommaviy chop eting.

Ombor hisobi va xaridlar

Ombor hisobi va xaridlar

Windows, Android va iOS versiyalarini o’rganmasdan tez boshlash

Zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldiring

Ta’minotchilarga buyurtmalar

Manzilli saqlash

Inventarizatsiya

Onlayn sotuvlarni ulang

Barcha buyurtmalar bitta oynada

Internet-do‘kon

Internet-do‘kon

Sinxronizatsiyani bir marta 10 daqiqada sozlang va buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytdan qabul qiling.

Barcha ommabop CMS va sayt konstruktorlari bilan integratsiya bor.

Do‘konga zaxiralarni hisobga olgan holda amaldagi qoldiqlarni yuboring. Tovarlar, modifikatsiyalar, tasvirlarni sinxronlashtiring. Narxlarni yuklang. CommerceML protokoli bo‘yicha universal ma’lumot almashuvi.

Telegram

Telegram

МойСкладdagi mahsulotlar asosidagi do‘kon. Tavsif va surat qo‘shish mumkin. Xaridorlar messenjerda o‘zlari buyurtma berishadi — ular dasturda paydo bo‘ladi.

Uzum Market

Uzum Market

Tovarlar, buyurtmalar, qoldiqlar va yukxatlarni yuklash. Barcha komissiyalar va qaytarishlarni hisobga olgan holda buyurtmalar bo‘yicha haqiqiy foyda.

Avtoehtiyot qismlarini xaridorga yetkazib berish

Avtoehtiyot qismlarini xaridorga yetkazib berish

  • Yetkazib berish narxini hisoblash va berilish punktlarini xaritada tanlash.
  • Xaridor mintaqasiga qarab chegirma va ustamalarni o‘rnatish.
  • Transport yukxatlari va etiketkalarini avtomatik ravishda yaratish va chop etish.
  • Jo‘natmalar holatini kuzatish, qaytarishlarni nazorat qilish. Yetkazib berish xizmatlari bilan o‘zaro hisob-kitoblar.

Chakana va ulgurji savdo, ishlab chiqarish, franchayzing, qo‘shma xaridlar uchun

Mijozlar bilan ishlash Mijozlar bilan ishlash

Barcha ma’lumotlar bitta oynada: avtomobil markasi, xaridlar tarixi, o‘rtacha chek. Ma’lumotlardan shaxsiy jo‘natmalar uchun foydalanish mumkin.

Messenjerlar Messenjerlar

WhatsApp va Telegramdagi mijozlar bilan yozishmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturdan — menejer Buyurtma kartochkasidan mijozga xabar yozishi, u bilan yetkazib berish shartlarini kelishib olishi va to‘lov uchun havolani yuborishi mumkin. Barcha yozishmalar saqlanadi, rahbar hamma chatlarni, menejer esa faqat o‘zinikilarnigina ko‘radi.

IP-telefoniya IP-telefoniya

Qo‘ng‘iroq qiling, xabarnomalar oling, o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar ro‘yxatini ko‘ring yoki suhbat yozuvlarini tinglang.

Sodiqlik tizimi Sodiqlik tizimi

Bonus, shaxsiy yoki jamg‘arib boriladigan chegirmalarni sozlang. Xaridlar uchun to‘lovlarni «Kassa МойСклад» ilovasida ballar bilan amalga oshirish mumkin.

Hujjatlarni chop etish

Hujjatlarni chop etish

100 dan ortiq hujjatlar shakli: hisoblar, tovar cheklari, yukxatlar, dalolatnomalar, hisobvaraq-fakturalar va boshqalar. Tayyor shakllar va shaxsiy shablonlarni yaratish imkoniyati — logotip va boshqa elementlarni qo‘shish mumkin. Brauzerdan bevosita yuklab olmasdan tezkor chop eting.

Tahliliy hisobotlar

Tahliliy hisobotlar

  • Aylanmalar, ombor qoldiqlari, mahsulotlar bo‘yicha sotuvlar statistikasi va daromadlilik.
  • Aylanmalar, qoldiqlar, pul harakati, foyda va zararlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar — do‘koningiz qancha daromad qilayotganini aniq bilasiz.
    Har bir savdo nuqtasi va butun tarmoq bo‘yicha ma’lumotlar.
  • Barcha hisobotlarni tovarlar, hamkorlar yoki xodimlar kesimida sozlash mumkin.

Ishni boshlash oson

Ishni boshlash oson

Mobil ilova

Do‘konga bormasdan savdolarni kuzatib boring

Ishni boshlash oson

24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati

Telefon orqali, veb-saytdagi chatda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturda. Shaxsiy menejer

Ishni boshlash oson

Foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish

Xodimlarga faqat zarur ma’lumotlarni ko’rish imkoniyatini belgilang

Ishni boshlash oson

Vebinarlar

Ekspertlarning ko‘rsatmalari. Haftada bir marta bepul o‘tkaziladi.

50 000 dan ortiq kompaniya o‘z xodimlarini allaqachon МойСклад tizimiga uladi

Avto ehtiyot qismlar do‘koni uchun avtomatlashtirish nima uchun kerak

Avto ehtiyot qismlarini sotish biznesi ko‘plab xususiyatlarga ega: keng assortimentdagi tovarlar va ko‘plab yetkazib beruvchilar hamda kataloglar bilan ishlash, buyurtmalarni kuzatib borish va ularni o‘z vaqtida yetkazib berish, shuningdek, tovarlar hisobini yuritish va sotuvlarni tahlil qilish zarur.

Tadbirkorlar biznes jarayonlarini avtomatlashtirishda tejamkorlikka intilishadi va tovarlar hisobini daftar yoki Excelda yuritishadi. Ammo tovarlar qancha ko‘p bo‘lsa, xarid qilishda xatoga yo‘l qo‘yish, avto ehtiyot qismlarni yo‘qotish yoki mijoz buyurtmasini unutish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.

Do‘konda kassirning ish joyini jihozlash kerak. Buning uchun onlayn-kassa, shtrix-kod skaneri, karta orqali to‘lov terminali va kassa dasturi zarur bo‘ladi.

Ushbu vazifalarning barchasi uchun МойСклад mos keladi — bu tovar hisobi tizimi va kassa ilovasidir.

Siz barcha jarayonlarni avtomatlashtirishingiz mumkin: tovarni buyurtma qilish va qabul qilish, qaytarish, omborda avto ehtiyot qismlarni qidirish, onlayn buyurtmalar, inventarizatsiya. Mijozlar bazasini yuritish va sodiqlik tizimini yo‘lga qo‘yish ham muhim. Avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni uchun dasturiy ta’minot biznesni hatto smartfondan ham nazorat qilish imkonini beradi.

МойСкладning afzalliklari

МойСклад — bulutli xizmat. Istalgan qurilmadan ishlaydi.

Qo’shimcha o‘qitishsiz tezkor ishga tushirish mumkin. Hoziroq sinab ko‘ring — bir xodim ishlaydigan bitta savdo nuqtasi uchun muddatsiz bepul tarif mavjud.

Xizmat imkoniyatlari:

Omborni boshqarish. Mahsulotni sotib olish va yetkazib berishni sotish statistikasi yoki kamaymaydigan qoldiq asosida rejalashtiring. Real vaqt rejimida qoldiqlar bo‘yicha hisobot — kompaniya bo‘yicha umumiy yoki zaxiralar va kutishlarni hisobga olgan holda har bir ombor bo‘yicha alohida. Tuzatish hujjatlarini avtomatik ravishda yaratgan holda smartfon yoki MYT orqali inventarizatsiya qilish.

To‘lovni har qanday usulda qabul qilish. To‘lovlarni terminal orqali yoki terminalsiz, QR-kodlar yoki naqd pul bilan qabul qiling.

Ehtiyot qismlarni ulgurji va buyurtma asosida sotish — kerakli tovarlarni zaxiraga oling va xaridorlardan oldindan to‘lovni qabul qiling.

Onlayn savdo. МInternet-do‘konni ulash mumkin. Agar sizda o‘z veb-saytingiz bo‘lmasa, mahsulotlarni Telegram, Uzum Market do‘konlariga joylashtiring va buyurtmalarni bitta oynada qabul qiling.

Mijozlar bazasi bilan ishlash. Xaridorlar МойСкладda sozlanadigan chegirmalar va aksiyalar haqida bilishlari uchun telefon aloqasi va xabar tarqatish xizmatlarini ulash mumkin.

Hujjatlar bilan ishlash uchun vositalar. Tayyor hujjat andozalaridan foydalaning yoki o‘zingiznikini yarating. Narxnoma va yorliqlarni tahrirlang: logotip, ishlab chiqaruvchi, chegirma va boshqa ma’lumotlarni qo‘shing. Shtrix-kodlarni yarating.

Internet mavjud bo‘lgan istalgan joydan ishlash. Dastur savdo-sotiqni onlayn rejimda nazorat qilish imkonini beradi.

Kecha-yu kunduz ishlaydigan texnik yordam xizmati va shaxsiy menejer. Mutaxassislar savdo va ombor dasturini o‘zlashtirishda yordam berishadi.

Bepul tarif. Dasturning barcha imkoniyatlaridan 14 kun bepul foydalanish mumkin. Agar bir nechta foydalanuvchini ulash kerak bo‘lsa, biznesingizga mos keladigan tariflardan birini tanlang. Bepul tarifda ham ishlashni davom ettirishingiz mumkin: u bitta xodim, bitta yuridik shaxs, bitta savdo nuqtasi va to‘liq hisobga olish imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi.

МойСклад chakana, ulgurji va onlayn savdo uchun mos keladi.
Abonent to‘lovi yuqori emas, o‘rnatish va foydalanish oson, qulay interfeys. Ro‘yxatdan o‘ting va tizimning barcha funksiyalarini sinab ko‘ring.