Kiyim — kechak do’koni uchun dastur
Kiyim-kechak do‘koni yoki shou-rumni avtomatlashtirish uchun dasturda hisobni yuriting va mijozlar bazasi bilan ishlang. Veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va marketpleyslarda chakana savdo yuriting
Bepul versiya
Kiyim-kechak do‘konini avtomatlashtirish
Barcha savdo kanallarini bitta dasturda boshqaring

- Smartfon orqali biznesni boshqaring: sotuvchilar, tushum, narxlar va qoldiqlarni nazorat qiling.
- Marketpleyslarga chiqing: kiyimlarni FBO va FBS bo‘yicha soting, vositachilik savdosi uchun imkoniyatlardan foydalaning.
- Mahsulotlar, xodimlar va savdo kanallari bo‘yicha rentabellik va daromadni ko‘ring. Onlayn buyurtmalar marjasini hisoblang. Ma’lum bir davrdagi sotuvlarni taqqoslang.
- Dastur ichidagi CRMda mijozlar bazasi bilan ishlang. Sodiqlik tizimini ishga tushiring va takroriy savdoni rag‘batlantiring.

Kassirning ish joyi
Chakana savdoni avtomatlashtirishda 50% gacha tejamli yechim
Tushunarli interfeys — o‘rganishga ortiqcha vaqt sarflash shart emas. Onlayn kassani, cheklarni chop etish uchun X-Printerni ulang va savdoni boshlang.

Qonunchilikka rioya qilish
TASNIF ma’lumotnomasi bilan ishlash: hisobvaraq-fakturalar bilan ishlash, cheklarni chop etish uchun bevosita МойСкладdan tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldiring.
MXIK, qadoq, barkodni qidirish va to‘ldirish: tovarlarni nomlanishi va MXIK bo‘yicha toping va to‘ldiring.
Hatto eskirganlari kiritganingizda ham oxirgi amaldagi MXIKni ko’rasiz.
Marketpleyslarda savdo
Buyurtmalarni tezroq bajaring va blokirovkalardan saqlaning

- Onlayn vitrinalarni sinxronlashtiring: qoldiqlar va narxlar siz savdo qilayotgan barcha platformalarga avtomatik ravishda tushiriladi.
- Buyurtmalarni bitta oynada va 50% tezroq qayta ishlang — ommaviy tasdiqlash va FBS uchun stikerlarni chop etish uchun aqlli tizim yordam beradi.
- Agar FBO bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsangiz, zaxiralarni bashorat qiling va o‘z vaqtida marketpleys omboriga jo‘natmalarni tayyorlang.
- Sotuv kanallari bo‘yicha kengaytirilgan tahlil va vositachilik savdosi uchun maxsus imkoniyatlardan foydalaning.

Onlayn savdo va yetkazib berish
Sayt, ijtimoiy tarmoqlar va kuryerlik xizmatlari bilan ishlashda tayyor integratsiyalardan foydalaning
Kiyimlarni o‘z internet-do‘koningiz yoki ijtimoiy tarmoq orqali soting. Buyurtmalarni qayta ishlash uchun dasturiy robotlarni sozlang.
Yuklashdan oldin komplektatsiyani MYT (Ma'lumot Yig’ish Terminali) yoki smartfon yordamida tekshiring.
Tovarlarning qulay katalogi
O‘lcham va ranglarni ko‘rsating, yorliq va narxnomalarni chop eting, shtrixkodlardan foydalaning

Assortiment va narxlarni boshqaring
Tovarlarni qo‘lda yarating, Excel yoki EDO tizimlaridan yuklab oling. Artikul, brend, mamlakat va ishlab chiqaruvchini ko‘rsating. Qo‘shimcha maydonlarni sozlang, rasmlarni qo‘shing. Agar bitta mahsulot rang va o‘lchamlari bilan farq qilsa, modifikatsiyalardan foydalaning va turli narxlar va chegirmalarni o‘rnating.
Shtrix-kodlar bilan ishlash
EAN-8, EAN-13, Code128 va boshqalarni generatsiya qiling, ularni narxnoma va yorliqlarda chop eting. Hujjat va chekga shtrix-kod bo‘yicha pozitsiyani kiriting. Bir marta skanerlash orqali mahsulot yarating — mahsulot nomi global ma’lumotnomadan avtomatik ravishda qo‘shiladi.
Yorliqlar va narxnomalarni chop eting
Tayyor shablonlardan foydalaning yoki vizual muharrirda o‘zingizga mosini yarating. Kerakli elementlarni maketga o‘tkazing: narx, chegirma, markirovka kodi va boshqalar. Yorliqlar va narxnomalarni bir xil yoki ommaviy ravishda: bir varaqda bir nechtasini chop eting.
Kiyim-kechak do‘koni uchun hisobga olish tizimi
Ta’minotchilarga buyurtmalarni va qoldiqlarni nazorat qiling

Qoldiqlarni kuzatib boring — bildirishnomalar tovar tez orada tugashi haqida ma’lumot beradi.
Avtomatik ravishda zaxiralarni to‘ldiring — sotuv tarixi yoki kamaymaydigan qoldiq asosida ta’minotchilarga buyurtmalarni sozlang.
MYT yoki smartfon yordamida shtrix-kodlarni skanerlash orqali inventarizatsiya o’tkazing.
Foydani nazorat qiling — assortiment bilan ishlash uchun tahlildan foydalaning.
Kiyim-kechak yoki shou-rum uchun dasturni yuklab olishdan nima foyda
Bepul tanishuv davri — 14 kun, keyin faqat abonent to‘lovi talab qilinadi. Do‘konning har qanday xodimi МойСклад dasturi interfeysida ishlashi mumkin, oldindan o‘qitish talab qilinmaydi.
Yana bir afzallik — dasturni ma’lum kiyim do‘koni yoki shou-rum uchun sozlashning oddiyligidir. Barcha kerakli parametrlarni foydalanuvchi o‘zi kiritishi mumkin, 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati va shaxsiy menejer kerak bo‘lganda yordam beradi.
МойСклад tovar kelib tushishini nazorat qilish, hisobotlarni tayyorlash, jo‘natmalar va xarajatlarni hisobga olish, shuningdek, savdoni yuritish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni bosib chiqarish kabi jarayonlarni bajarishda barcha zarur yechimlar to‘plamiga ega.