Oziq-ovqat mahsulotlari do’koni uchun dastur

Kassirning ish joyi va tovarlarni komplektda hisobga olish

Ishni boshlash
Oziq-ovqat mahsulotlari do’koni uchun dastur

Oziq-ovqat mahsulotlari do‘konini avtomatlashtirish

Bitta savdo nuqtasi yoki tarmoqni onlayn boshqaring

Tezkor start

Dastur maxsus ta’limni talab qilmaydi. Hatto bepul tarifda ham to‘liq ishlang.

Barchasi qo’l ostingizda

Do‘konga kelmasdan savdo va zaxiralarni kuzatib boring. Sotuvchilar, tushum, narx va qoldiqlarni smartfondan nazorat qiling.

O’z vaqtida va xatolarsiz

Jarayonlarni avtomatlashtirish sizning vaqtingizni ko‘p karra tejaydi va savdodagi xatolar va jarimalardan xalos qiladi.

Kassir uchun oson va qulay dastur

Kassir uchun oson va qulay dastur

Qo’shimcha ta’lim talab qilmaydi. Windows, Android va iOS uchun versiyalar

Dastur chatida 24/7 qo‘llab-quvvatlash, kassir va do‘kon direktori uchun bepul video darslar.

Kiloli, donali, quyma tovarlar va komplektlar bilan ishlang.

Onlayn kassalar va cheklarni chop etish uchun X-Printer bilan integratsiya.

Karta, naqd yoki aralash shaklda to‘lovni qabul qiling.

O‘z bonus dasturingizni ishga tushiring — xaridorlar uchun bonuslar yig‘ish va ular bilan to‘lov qilish imkoniyatini yoqing yoki tashqi sodiqlik tizimini ulang.

Qonunchilikka rioya qilish

Qonunchilikka rioya qilish

TASNIF ma’lumotnomasi bilan ishlash: hisobvaraq-fakturalar bilan ishlash, cheklarni chop etish uchun bevosita МойСкладdan tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldiring.

MXIK, qadoq, barkodni qidirish va to‘ldirish: tovarlarni nomlanishi va MXIK bo‘yicha toping va to‘ldiring.

Hatto eskirganlari kiritganingizda ham oxirgi amaldagi MXIKni ko’rasiz.

Markirovka bilan ishlash

Markirovka bilan ishlash

Ilgari hisob-kitob qilmagan bo‘lsangiz ham, noldan boshlab tezkor bepul markirovkalash. Tamaki mahsulotlari, alkogol, dori vositalari, tibbiy buyumlar, qadoqlangan suv va salqin ichimliklar uchun Asl Belgisi tovarlarini raqamli markirovkalash milliy tizimi bilan integratsiya mavjud.

E-POS kassasi ulangan МойСкладga markirovka kodlarini qo‘shing va ularni sotuv paytida skanerlang.

Do’kon yoki tarmoqda tovarlar, narxlar, chegirmalarni boshqaring

Do’kon yoki tarmoqda tovarlar, narxlar, chegirmalarni boshqaring

Narxlarni moslashuvchan boshqarish imkoni

Ommaviy tahrirlash. Narxlarning turli shakllari: eng kam, maxsus, ma’lum xaridorlar uchun va boshqalar. Chek yoki alohida mahsulotlarga chegirmalar.
Tanlangan mahsulotlarga chegirma berishni taqiqlash.

Qulay mahsulotlar katalogi

Mahsulotlarni qo‘lda yarating, Excel yoki EDO tizimlaridan yuklab oling. Rasmlar qo‘shing, qo‘shimcha maydonlarni sozlang.

Etiketkalar va narxnomalarni chop etish

Tayyor shablonlardan foydalaning yoki interaktiv muharrirda o‘zingizga mosini yarating. Yorliqlar va narxnomalarni birma-bir yoki ommaviy chop eting. Shtrix-kodlarni yarating.

Barcha ombor jarayonlari

Barcha ombor jarayonlari

Qoldiqlarni nazorat qiling

Smartfoningizdagi bildirishnomalar mahsulot tugayotgani haqida xabar beradi. Sotish statistikasi yoki minimal qoldiq asosida yetkazib ta’minotchilarga buyurtmalarni sozlang.

Qabul qilishni osonlashtiring

Ta’minotchidan elektron hujjat aylanmasi ЭДО orqali yukxatini yuklang, kodlar va komplektatsiyani skaner yordamida tekshiring, barcha narxnomalar va yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish hujjatidan chop eting.

Inventarizatsiyani tezlashtiring

Ro‘yxatni chop eting yoki Excelga yuklab oling, shtrix-kodlarni smartfon yoki ma’lumot yig’ish terminali bilan skanerlang. Joriy qoldiqlarni to‘ldiring, haqiqiylarini kiriting — tuzatish hujjatlari avtomatik ravishda yaratiladi.

Tushum va foyda nazorat ostida

Tushum va foyda nazorat ostida

Topshirilayotgan tushum miqdorini kuzatib boring.
Nuqtalarda smenalarni ochish va yopish haqida bildirishnomalar, X va Z hisobotlarni oling. Smena yopilganda kirim orderini avtomatik yaratish.

Savdo nuqtalari bo‘yicha yig‘ma hisobotga qarang —
mobil ilovada tushum, naqd pul qoldig‘i, qaytarish, smenalar haqida ma’lumot.

Qoldiqlar, pul harakati, foyda va rentabellikni tovarlar va kontragentlar bo‘yicha qulay hisobotlar shaklida nazorat qiling.

O‘qitish va qo‘llab-quvvatlash

O‘qitish va qo‘llab-quvvatlash

Rahbar, tovarshunos va kassir uchun bepul videokurslar.

24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati: telefon orqali, saytdagi chatda yoki bevosita dasturda.

Shaxsiy menejer: sozlamalar bilan yordam beradi, barcha savollarga javob beradi.

Oziq-ovqat mahsulotlari do‘konini avtomatlashtirish nima uchun kerak

Oziq-ovqat do‘konini boshqarish biznes-jarayonlar zanjirini — assortimentni shakllantirishdan tortib, foydani oshirish tadbirlarigacha o‘z ichiga oladi.

Chakana savdo shoxobchasi yoki savdo tarmog‘i egasi ombor hisobini yuritishi, xaridlarni rejalashtirishi, inventarizatsiya o‘tkazishi, sotuvlarni tahlil qilishi kerak. Bularning barchasini qo‘lda bajarish uzoq davom etadi va xatolarga olib kelishi mumkin. Mahsulotlar do‘konini avtomatlashtirish barcha jarayonlarning samaradorligi va shaffofligini oshirish imkonini beradi.

Do‘konda kassirning ish joyini ham jihozlash kerak. Buning uchun onlayn-kassa, shtrix-kod skaneri, karta orqali to‘lov terminali, tarozi va kassa dasturi kerak bo‘ladi.

Tayyor yechimni darhol tanlash qulayroq. Masalan, МойСклад servisi — bu kassa ilovasi va tovar hisobini o’z ichiga olgan tizim. Barcha jarayonlarni avtomatlashtirishingiz mumkin: tovarni buyurtma qilish va qabul qilish, qaytarish, sotish va inventarizatsiya qilish. Mahsulot do‘koni uchun dasturiy ta’minot biznesni hatto smartfondan ham nazorat qilish imkonini beradi.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi

МойСклад tizimi oziq-ovqat do’konini boshqarishda qanday yordam beradi

МойСкладda jarayonlarni samarali tashkil etish va mahsulotlar do‘konini avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bor. Tizim yordamida quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

  • Bir nuqtada yoki tarmoqda sotuvni kuzatib borish, kassirlarni, tushum va narxlarni nazorat qilish. Bularning barchasini masofadan turib amalga oshirish mumkin.
  • Xaridlarni rejalashtirish, ta’minotchilarga buyurtma berish va kontragentlar bilan ishlash.
  • Sodiqlik tizimini sozlash: aksiya o‘tkazing va to‘xtab qolgan mahsulotga chegirmalar o‘rnating.
  • Tahlildan foydalanish: nima yaxshiroq sotilishini bilib oling va ma’lum davrlardagi savdo dinamikasini ko‘ring.

Shu bilan birga, joriy etish xarajatlari minimal — hatto bepul tarifda ham to‘liq ishlash mumkin.

Chakana savdo do‘koni uchun kassa dasturi Windows, Linux, Android va iOS operatsion sistemalarida bo’lgan barcha qurilmalarda ishlaydi. Ilova intuitiv tushunarli interfeysga ega bo‘lib, maxsus o‘qitishni talab qilmaydi.