Tikuvchilik ishlab chiqarish uchun hisobga olish dasturi

Ishlab chiqarishni mato bichishdan tortib mahsulotni qadoqlashgacha avtomatlashtiring. Ishbay ish haqini hisobga oling

Bepul sinab ko‘ring
Tikuvchilik ishlab chiqarish uchun hisobga olish dasturi

Sex, atelye, ustaxona va mustaqil tikuvchilar uchun

Reja va faktni taqqoslash

Ishlab chiqarishning barcha bosqichlari bajarilgandan so‘ng, materiallar yoki olingan mahsulot miqdorini hisob-kitobdan amaldagiga o‘zgartiring

Ombordagi minimal qoldiq

Ombordagi zaxiralar siz belgilagan minimal darajaga yetganda, xizmat avtomatik ravishda ta’minotchidan materiallarni buyurtma qiladi

Ishbay ish haqi hisobi

Ishlab chiqarish bosqichlari uchun har bir tikuvchi mehnatiga haq to‘lashni ko‘rsating — dastur uni mahsulot tannarxida o‘zi hisobga oladi. Muayyan davr uchun hisoblangan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘ring

Materiallar va tayyor mahsulotlarni hisobga olish

Materiallarni saqlash xarajatlarini kamaytiring: qabul qilish, omborlar o‘rtasida ko‘chirish, tayyor mahsulotni kirim qilish va jo‘natishni qayd eting

Sexdagi tartib va xodimlar motivatsiyasi

Sexdagi tartib va xodimlar motivatsiyasi

Ishni yanada shaffof qiling, xatolar va qo‘shimchalarni bartaraf eting

Xodimlarga veb-ilovani o‘rnating
«МойСклад Ishlab chiqarish» — ma’lum bosqichlarni bajarish imkoniyati bilan. Ular bajarilgan ishlarni qayd etadilar va o‘zlariga hisoblangan ishbay haqni ko‘radilar.

Rahbar real vaqt rejimida ishlab chiqarishni kuzatib boradi: kim va nima qilgan, qancha ishlagan. Bu sex ishini ancha tartibli qiladi, firibgarliklarni oldini oladi.

Shuningdek, bu sexlar o‘rtasida qulay aloqa o’rtanish imkoniyatini yaratadi — barcha ma’lumotlar bir joyda.

Tikuvchilar uchun ishbay ish haqi hisobi

Tikuvchilar uchun ishbay ish haqi hisobi

Dastur xodimning ish haqini mahsulot tannarxida avtomatik ravishda hisobga oladi

1-qadam. Ishlab chiqarishning har bir bosqichi uchun mehnat haqini belgilang. Tariflarni qo‘shish mumkin.

2-qadam. Har bir bosqich uchun mas’ul ijrochini tayinlang. To‘lov unga har bir operatsiya bajarilgandan so‘ng hisoblanadi. Natijada ushbu summa mahsulot tannarxiga kiritiladi.

3-qadam. Muayyan davr uchun yoki alohida xodim uchun hisoblangan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘ring.

Shuningdek, xodimlarga «МойСклад Ishlab chiqarish» ilovasini istalgan qurilmaga o‘rnatishingiz mumkin. Ularning har biri ilovada nima qilish kerakligini kuzatib boradi, bajarilgan bosqichlarni belgilaydi va o‘ziga hisoblangan ishbay to‘lovni ko‘radi.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish

Ishlab chiqarishni rejalashtirish

Buyurtmalarni avtomatik olish

Xaridor va menejer o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlarni bartaraf eting. Xaridorlarning buyurtmalaridan: veb-sayt, marketpleyslar va boshqa kanallardan ishlab chiqarish buyurtmalarini yarating.

Texnologik xaritalar

Mahsulotingiz nimadan va qanday tayyorlanishini bir marta batafsil yozing: ishlatiladigan xomashyolar va yarim tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarish bosqichlari va ularning mehnat haqini hisobga olgan holda qiymatini, bajarishning me’yoriy vaqtini va yo‘riqnomasini ko‘rsating. Mahsulotni ishlab chiqarishning rejadagi tannarxini aniqlang.

Shartnoma asosidagi ishlab chiqarish

Pudratchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni hisobga oling va ularning xizmatlarini mahsulot tannarxiga qo‘shing.

Ishlab chiqarish topshiriqlari

Smenadagi yoki alohida buyurtmalar doirasida ishlab chiqarishni rejalashtiring. Qoldiq va zaxiralarni inobatga olgan holda topshiriqlarni bajarish uchun kerakli xomashyo miqdorini hisoblang. Ishlab chiqarishning har bir bosqichini nazorat qiling.

Normativ soatlar

Texnik xaritada bosqichlarni bajarish uchun rejalashtirilgan vaqtni ko‘rsating, shuningdek, bosqich sozlamalarida normativ soat qiymatini qo‘shing. Xodimning ish haqi avtomatik tarzda hisoblanadi.

Ombordagi qoldiqlarning ishlab chiqarish uchun
zaxirasi

Agar biror narsa yetishmasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish topshirig‘idan qo‘shimcha buyurtma bering.

Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish

Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish

Ishlab chiqarish operatsiyalari

  • Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni rasmiylashtiring. Ishlatilgan materiallar soni va ishlab chiqarish xarajatlari summasini tekshiring.
  • Mahsulot tannarxi avtomatik tarzda hisoblanadi.
  • Sexga berish uchun ishlab chiqarish topshirig‘i hujjatini chop eting.

Real vaqt rejimida hisobga olish

  • Har bir bosqichda siz doimo qancha material va qayerga ketganini, nima sarflanganini, hatto brakni hisobga olgan holda, nimani sotib olish kerakligini bilasiz.
  • Mahsulotni ishlab chiqarishning istalgan bosqichida ketma-ketlik bilan hisobdan chiqaring.
  • Uzoq muddatli jarayonda tugallanmagan ishlab chiqarishni hisobga oling.

Reja-fakt

  • Barcha bosqichlar bajarilgandan so‘ng, ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ishlatilgan materiallar miqdorini hisob-kitobdan amaldagisiga o‘zgartirish mumkin.

Marketpleyslarda savdoni qo‘llab-quvvatlash

Uzum Market, Ozon, Wildberries bilan integratsiya

Marketpleyslarda savdoni qo‘llab-quvvatlash

Qoldiqlarni nazorat qilish — ular avtomatik ravishda hisoblanadi va darhol marketpleyslarga uzatiladi. Buyurtmani bekor qilish va kartochkani berishda kechikish xavfi yo‘q.

Turli platformalardan buyurtmalar bitta oynada — buyurtmalarni ommaviy ravishda tasdiqlang, kabinetlarga kirmasdan ularning holatini o‘zgartiring. Ma’lumotlar platformada avtomatik ravishda yangilanadi.

Yorliqlarni chop etish andozalari — buyurtmalarni yig‘ish 50% tezroq.

Komissiya, logistika, qaytarishlar va qo‘shimcha yig‘imlarni hisobga olgan holda foyda va zararlar, rentabellik va aylanmalar bo‘yicha tahlil.

Narxlar va kataloglarni avtomatik yangilash — МойСкладdagi narx o‘zgarganda, u barcha platformalarda darhol yangilanadi.

50 000 dan ortiq kompaniya o‘z xodimlarini allaqachon МойСклад tizimiga ulagan