Ishlab chiqarishni hisobga olish dasturi
Bir dasturda operativ va boshqaruv hisobi. Ishlab chiqarishdagi barcha jarayonlarni nazorat qiling: xom ashyoni sotib olish va qabul qilishdan to tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishgacha
Bepul versiya
Kichik va o‘rta biznes uchun
Kichik ustaxona va ishlab chiqarish sexida mahsulot hisobi

Materiallar va tayyor mahsulotlarni hisobga olish
Materiallarni qabul qilishni, omborlar o‘rtasida harakatlanishni, tayyor mahsulotni kirimga olish va jo‘natishni qayd eting, inventarizatsiya o‘tkazing

Ta’minotni boshqarish
Ombordagi qoldiqlarni kuzatib boring. Buyurtmalarni bajarish uchun kerakli miqdorda material sotib oling va saqlash xarajatlarini kamaytiring

Mahsulot tannarxini hisoblash
Sotib olingan materiallar qiymati hamda ishlab chiqarish va sotish uchun nomoddiy xarajatlar asosida avtomatik ravishda hisoblanadi

Ishlab chiqarishni rejalashtirish
Talabga javob bering: mahsulotni o‘z vaqtida ishlab chiqaring. Ombordagi qoldiqlar qachon kamayishini va xaridorlardan buyurtmalar qachon kelishini kuzatib boring
Ishlab chiqarishni hisobga olish dasturining asosiy imkoniyatlari

Ishlab chiqarish topshiriqlari
Ishlab chiqarishni smenada yoki alohida buyurtmalar doirasida rejalashtiring. Qoldiqlar va zaxiralarni hisobga olgan holda topshiriqlarni bajarish uchun xom ashyo va materiallarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblang. Ishlab chiqarishning har bir bosqichini nazorat qiling.
Ombor hisobi
Materiallar va tayyor mahsulot hisobini yuriting, kirim, chiqim, ko‘chirish, inventarizatsiya o‘tkazing. Zaxiralar kamayishi haqida push-bildirishnomalar oling. Hisobot va boshqa hujjatlarni chop eting.
Ishlab chiqarishga buyurtmalar
Materiallar, butlovchi qismlar yoki xom ashyoni zaxiraga oling va ularni ombordan chiqaring. Tayyor mahsulotni qabul qiling. Zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldiring.

Texnologik xaritalar
Mahsulotingiz tarkibi haqida bir marta ma’lumot kiriting, keyin ishlab chiqarishda faqat tovarlar sonini ko‘rsating. Ochiq texnologik xaritadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi xarita, texnik operatsiya yoki ishlab chiqarish buyurtmasini yarating.
Ishlab chiqarish operatsiyalari
Tayyor mahsulotlarni chiqarishni rasmiylashtiring. Ishlatilgan materiallar soni va ishlab chiqarish xarajatlari summasini tekshiring. Mahsulot tannarxi avtomatik tarzda hisoblanadi. Texnologik operatsiyalarni chop eting.
Butlovchi qismlarga ajratish
Ajratish jarayonida olingan butlovchi qismlarning tannarxini avtomatik hisoblashdan foydalaning. Mahsulotni qismlarga ajratishga ketadigan qo‘shimcha xarajatlar hisobini yuriting.
Ishlab chiqarishni hisobga olish dasturi nima uchun kerak
Biz kichik korxonalarning muammolari va ehtiyojlarini hisobga oldik. Bitta dastur yordamida siz ishlab chiqarishdagi ishlarni to‘liq avtomatlashtirishingiz mumkin:
- Ishlab chiqarish zaxiralarini o‘z vaqtida to‘ldirish.
- Ombordagi xom ashyo va materiallarga bo‘lgan kelajakdagi ehtiyojlarni rejalashtirish.
- Hisobdan chiqariladigan materiallar va butlovchi qismlar sonini tuzatish.
- Tayyorlangan tovarlar tannarxini hisoblash.
- Ishlab chiqarish quvvatlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Ishbay ish haqini hisobga olish.
Kundalik operatsiyalarni bajarishda qanday qilib vaqtni tejash mumkin
Kundalik jarayonlarni avtomatik bajarish mumkin — buning uchun dastur uchun ssenariylarni bir marta kiritish kifoya. Har kuni 100 tagacha operatsiya sizning ishtirokingizsiz bajarilishi va mahsulotingizni sotishda yordam berishi mumkin, masalan:
- Xaridordan buyurtma tasdiqlanganda tovar avtomatik ravishda zaxiraga qo‘yiladi, buyurtma bekor qilinganda esa zaxiradan chiqariladi.
- To‘lov olinganda buyurtma holati o‘zgaradi.
- Buyurtma uzoq vaqt davomida «Ishlov berilmagan» holatida qolsa, mas’ul shaxsga «Yotib qolgan buyurtmani tekshirish» vazifasi yuklanadi.
- Muayyan kontragentdan buyurtma yaratilganda — unda avtomatik ravishda yuklab jo‘natish sanasi belgilanadi.
- Buyurtma bajarilganda — sotuvchiga qayta sotish uchun ma’lum vaqtdan so‘ng mijoz bilan bog‘lanish vazifasi yaratiladi.
- Hisob-faktura yaratilganda — to‘lovni nazorat qilish va hujjatlarni yuborish vazifasi yaratiladi.