Savdo hisobini yuritish dasturi

Chakana, ulgurji, onlayn savdo, umumiy ovqatlanish nuqtalari va kichik ishlab chiqarish uchun mos keladi

Dastur savdoda tovarlar sotuvini hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, xaridlar bilan shug‘ullanish, mijozlar bazasi bilan ishlash, shuningdek, savdo bo‘limini samarali boshqarish imkoniyatini beradi.

Har qanday kompyuter yoki smartfondan foydalanish mumkin. Tezkor ishga tushirish imkoni — o‘rnatish va joriy qilish oson. 24/7 texnik yordam mavjud. Bepul tarif ham taqdim etilgan.

Tovarlar sotuvlarini hisobga olish, rejalashtirish va tahlil qilish

Ulgurji va chakana sotuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Tovarlar sotuvlarini hisobga olish, rejalashtirish va tahlil qilish

Tovarlar, savdo nuqtalari va umuman kompaniya bo‘yicha pul mablag‘lari harakati, daromad, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari.

Barcha ombor operatsiyalari va inventarizatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil ilovada amalga oshiriladi. Sotuvlar statistikasi mavjud. Uning asosida xaridlarni rejalashtirish va yetkazib beruvchilarga buyurtmalar beriladi. Har qanday hujjatlarni yaratish va chop etish imkoniyati ham mavjud.

Sotuv voronkasi

Buyurtmalar yoki mijozlar bo‘yicha istalgan davrda qurish mumkin

Sotuv voronkasi

Xodimlar, mahsulotlar va loyihalar bo‘yicha saralash imkoniyati. Voronka bosqichlari biznesingiz xususiyatlariga moslashtiriladi. Mijozlar voronkasi har bir bosqichdagi kontragentlar soni va foizini ko‘rsatadi. Buyurtmalar voronkasi esa buyurtmalar sonini, ularni qayta ishlashning har bir bosqichidagi konversiyani va bosqichning o‘rtacha davomiyligini aks ettiradi.

CRM: mijozlar bazasi bilan ishlash

Segmentlash, guruh va maqomlar, parametrlar bo‘yicha filtrlash, saralash

CRM: mijozlar bazasi bilan ishlash

Kontragent kartasi: o‘zaro munosabatlar tarixi, cheksiz aloqachilarni qo’shish imkoni, lavozimlar, telefonlar, email, mas’ul xodim va boshqalar. Chegirmalar, bonuslar va sodiqlik dasturlarini sozlash. Tadbirlar tasmasi: qo‘ng‘iroqlar, xatlar va uchrashuvlarni qayd qilish.

Sotuv bo’limini boshqarish

Vazifalar va bildirishnomalar

Sotuv bo’limini boshqarish

O‘zingizga va xodimlarga vazifalar belgilang. Mijoz bo’yicha barcha vazifalar uning kartochkasida yozilib boriladi. Schetchik va o‘zining ochiq vazifalari ro‘yxati, qo‘l ostidagilarning vazifalarini ko‘rish imkoniyati. Xodimlarga vazifalar uchun avtomatik ssenariylar: masalan, buyurtmani o‘z vaqtida qayta ishlanmagan bo‘lsa, uni tekshirish.

Tizimdagi xodimlarning xatti-harakatlari auditi: МойСклад har bir operatsiyani qayd etadi va siz xodimlaringizni onlayn to‘liq nazorat qilasiz.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga ulab bo‘ldi
Siz nechta xodimni ulamoqchisiz?

Savdo hisobini yuritish dasturi: samarali, qulay, foydali

Tadbirkor yetkazib berishdan tortib qarzlargacha bo‘lgan barcha biznes jarayonlarini nazorat qilishi lozim. Hamma narsani doimiy ravishda kuzatib borish kerak. Savdo kanallari bir nechta bo‘lsa, turli xizmatlarga ko‘p vaqt sarflab, muntazam ravishda sahifadan sahifaga o’tishga to‘g‘ri keladi. Biroq, biznesni bitta dastur orqali boshqarish mumkin.

МойСклад xizmati buning uchun ayni muddao — u chakana, ulgurji, onlayn savdo, umumiy ovqatlanish nuqtalari va kichik ishlab chiqarishni boshqarishga moslashtirilgan. Bu yerda siz kerakli barcha jarayonlarni bajarishingiz mumkin: birlamchi hujjatlarni to‘ldirishdan tortib tahliliy hisobotlarni tuzishgacha. Bu hisobni optimallashtirish uchun mukammal yechimdir.

Ishni boshlash uchun atigi 15 daqiqa kifoya: interfeys sodda, maxsus ta’lim shart emas, 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud. Dasturda quyidagilarni amalga oshira olasiz:

  • pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish,
  • mijozlar bilan ishlash,
  • sotish va xaridlar hisobini yuritish,
  • tahliliy hisobotlar tuzish.