Kafeda hisob-kitob yuritish programmasi

Kassir uchun ilova + yetkazib berish + oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olish tizimi. Onlayn tarzda tushum nazorati va sotuv tahlili. Texnik xaritalar, to‘plamlar va taomlar tannarxini hisoblash. Mehmonlar uchun bonus dasturlari

Bar, qahvaxona, fastfud yoki stritfud nuqtasini avtomatlashtirish xizmati:

— Har qanday qurilma uchun qulay kassa dasturi.

— Kuryerlar va oziq-ovqat yetkazib berish uchun yechim.

— CRM, kafe mijozlari uchun chegirmalar va bonus dasturlari.

— Smartfondan biznesni masofadan turib to‘liq nazorat qilish.

— Kafe va omborda mahsulotlarning shaffof hisobi.

— Texnologik xaritalar va ishlab chiqarish operatsiyalari.

Oddiy, ishonchli va xavfsiz. Yangi nuqtalarni tezkor ishga tushiring. Kafe va umumiy ovqatlanish uchun dasturni bepul sinab ko’ring.

Qahvaxona uchun sodiqlik dasturi

Xaridorlaringiz uchun aksiyalar, chegirmalar, bonuslar, xabarlar jo’natish

Qahvaxona uchun sodiqlik dasturi

Istalgan turdagi chegirmalarni yarating: pozitsiya yoki butun chek uchun, jamg‘arib boriladigan, shaxsiy. Diskont kartalari. Aksiyalar. Umumiy ovqatlanish nuqtalari uchun bonus dasturi: qandolatxona, qahvaxona, bar, fastfud, oshxona uchun. Xaridorlar ballarni to‘plashlari va ular bilan buyurtmalarni to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Mehmonlar statistikasi: o‘rtacha chek, sotuvlar summasi, sevimli taomlar, oxirgi buyurtma haqida ma’lumotlar. CRM-imkoniyatlari: mijozlar bazasini segmentlash va moslashtirilgan xabarlar — yangi taomlar haqida xabar bering yoki yetkazib berish xizmatidan foydalanishni taklif qiling.

Kafe uchun kassa dasturi

15 daqiqada qo’shimcha ta’limsiz tushunib olasiz

Kafe uchun kassa dasturi

Kafe uchun oddiy dastur — planshet, smartfon, kompyuter va noutbukda ishlaydi. Aralash to‘lovlar mavjud: naqd + karta. Kechiktirilgan hisob-kitob: tashrif buyuruvchi kelganida chekni oching va u buyurtma berguncha pozitsiyalarni qo‘shing. Mehmon navbatma-navbat bir nechta taom buyurtirishi mumkin: ketayotganida, barcha buyurtmalari uchun umumiy to’lov qabul qilasiz.

Cheklarni chop etish uchun ommabop onlayn kassalar va X-Printerni ulash imkoniyati bor.

Kafeda mahsulotlar hisob-kitobini yuritish uchun dastur

Qoldiqlarni nazorat qilish, oddiy inventarizatsiya, ta’minotchilarga buyurtmalar

Kafeda mahsulotlar hisob-kitobini yuritish uchun dastur

Umumiy ovqatlanishdagi oziq-ovqat mahsulotlarini hisob-kitob qilish uchun barcha operatsiyalar. Xaridlar, hisobdan chiqarish, ko‘chirish, narxlar va qoldiqlarni nazorat qilish. Xatolarsiz tezkor inventarizatsiya, ma’lumotlarni yig‘ish terminalini ulash.

Xarajat va zaxiralarni nazorat qilish qulay: mahsulot tugaganda bildirishnoma olasiz va buyurtmani yetkazib beruvchiga yuborasiz.

Batafsil savdo tahlili: eng ommabop taomlar, rentabellik, daromad, qoldiqlar haqida ma’lumotlar kaftdek namoyon.

Texnik xaritalar va komplektlar. Taomlar tannarxini hisoblash

Umumiy ovqatlanish uchun qulay ssenariylar: kafe, bar, stritfud, nostatsionar savdoga moslashtirilgan

Texnik xaritalar va komplektlar. Taomlar tannarxini hisoblash

Ssenariylardan birini yoki ikkalasini birgalikda ishlating:

— Umumiy ovqatlanish nuqtasini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun texnik xaritalar. Taom yoki mahsulotni retsept bo‘yicha tavsiflang: masalan, pomidor, sarimsoqpiyoz, qalampir va ziravorlardan tayyorlangan sous. Masalliqlar ishlab chiqarish boshlanganida ombordan avtomatik ravishda chiqariladi. Tayyor sous omborga keladi. Bu nostatsionar savdo uchun har qanday taom bo‘lishi mumkin.

— Tayyor masalliqlardan taom yig‘ish va darhol sotish uchun to‘plam. Mahsulotlar sotuv paytida hisobdan chiqariladi. Masalan, siz qahva damlashingiz kerak: to‘plamga suv, qahva, shakar, stakan va qopqoq kiradi. Stritfud uchun eng tez variant.

50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi
Siz necha nafar xodimlaringizni tizimga ulamoqchisiz?