Boshqaruv hisobi dasturi
Sotuvlarni nazorat qilish, xaridlarni boshqarish, hamkorlar bilan ishlash, hujjatlarni chop etish va moliyaviy tahlil — barchasi bir joyda
Asosiy imkoniyatlar

- Boshqaruv hisobini onlayn yuritish juda qulay. Ofisga bog‘lanmagan holda, istalgan kompyuter yoki smartfondan ishlashingiz mumkin.
- Doimo ishlaringiz holatidan xabardor bo‘ling — sotuvlar va xaridlarni boshqaring, o‘zaro hisob-kitoblarni nazorat qiling.
- Bararcha xajatlarni hisobga olgan holda mahsulotlar va umuman kompaniya bo‘yicha haqiqiy foydani ko‘ring.
- Mijozlar bazasini yuriting — barcha ma’lumotlar bir joyda.
Tezkor hisob
Barcha ombor operatsiyalari: tovarni qabul qilish va jo‘natish, ko‘chirish, inventarizatsiya, hisobdan chiqarish

Tannarxni hisoblash. Tovar tugayotganda, ombordagi qoldiqlarni xabarnomalar orqali nazorat qilish. Sotish statistikasi yoki minimal qoldiq asosida yetkazib beruvchilarga avtomatik buyurtmalar berish.
Shartnomalar, hisobvaraqlar, dalolatnomalar, yukxatlar va boshqa hujjatlarni shakllantirish va chop etish. Takroriy harakatlar uchun ssenariylar — bir marta sozlaysiz, keyin dastur sizning o‘rningizga hamma narsani o’zi bajaradi.
Foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish: rollar, turli bo‘limlar uchun kirish huquqlarini taqsimlash, menyuning keraksiz bandlarini va mahsulotlar tannarxini yashirish imkoniyati. Tizimdagi xodimlar harakatlarining auditi: МойСклад har bir operatsiyani qayd etadi va siz xodimlarni onlayn tarzda to‘liq nazorat qilasiz.
Moliyaviy hisob

Loyihalar va sotish kanallari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati, foyda va zararlar hisobotlari. Mahsulotlar, xodimlar, omborlar va umuman kompaniya bo‘yicha tushum va rentabellik.
EDO bilan integratsiya.
Mijozlar hisobi
Mijozlar bazasi bilan qulay ishlash: segmentatsiya, guruhlar va maqomlar, Excel formatida import/eksport

O‘zaro munosabatlar tarixi: qo‘ng‘iroqlar, xatlar, uchrashuvlarni ro‘yxatga olish. Hamkorlarni takrorlanishga tekshirish. Shartnomalarni yuritish. Sotuvlar bo‘limini boshqarish: o‘zingizga yoki hamkasblaringizga vazifalar belgilash.
МойСклад boshqaruv hisobida qanday yordam beradi
Tasavvur qiling, bir vaqtning o‘zida:
- Yetkazib berish to‘lovlarini real vaqtda kuzatib borasiz.
- Muntazam harakatlarni avtomatlashtirish tufayli o‘nlab buyurtmalarni va barcha buxgalteriya operatsiyalarini qayta ishlaysiz.
- Elektron pochta yoki arxivga yuborish uchun hujjatlarni tayyor yoki o‘zingiz yaratgan shablonlar bo‘yicha chop etasiz.
- Boshqa hududlardagi omborlardan narxlar va qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun filiallar ishini yagona boshqaruv hisobi tizimiga birlashtirasiz.
МойСклад xizmatida boshqaruv hisobini yuritishning afzalliklari
- Ishni tayyorgarliksiz boshlash mumkin. O‘rganishga vaqt sarflashingiz shart emas. Shunchaki ro‘yxatdan o‘ting va darhol hisobni yuritishni boshlang.
- Har qanday qurilma mos keladi: kompyuter, planshet, smartfon yoki noutbuk. Hech qanday qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish shart emas. Windows, Linux, Android yoki iOSda ofisda, yo‘lda yoki uyda ishlang.
- Aynan sizga mos keladigan tarifni tanlash uchun vaqtingiz bor. Dastlabki 14 kun — МойСкладning barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin bo‘lgan bepul davr.
- Shaxsiy menejer xizmatni sozlashda yordam beradi va boshqaruv hamda ombor hisobini qanday yuritishni tushuntiradi. Istalgan savolni bevosita ilova chatida berishingiz mumkin. Texnik yordam 24/7 ishlaydi.