Ombor hisobi dasturi

Ombor hisobi, xaridlarni boshqarish, moliyaviy nazorat, mijozlar bazasi bilan ishlash, hujjatlarni chop etish

Bepul versiya
Ombor hisobi dasturi
Tovar, xomashyo yoki materiallar mavjud bo‘lgan har qanday biznes uchun

Tovar, xomashyo yoki materiallar mavjud bo‘lgan har qanday biznes uchun

Ulgurji va chakana savdo uchun, Internet-do‘kon, ishlab chiqarish yoki qurilish ishlari uchun. Bitta foydalanuvchi uchun bepul tarif mavjud

Tezkor start

Onlayn xizmat — o‘rnatish va joriy etish shart emas. Maxsus ko‘nikmalarni talab qilmaydi. 24/7 qo’llab quvvatlash xizmati va shaxsiy menejer

Biznes jarayonlar bir joyda

Tovar hisobi tizimi, kassirning ish joyi, mijozlar bazasini yuritish uchun CRM, moliyaviy tahlil va 100 dan ortiq hujjat shakllari

Ombor, xaridlar va hisob uchun oddiy dastur

Ombor, xaridlar va hisob uchun oddiy dastur

Barcha ombor operatsiyalari: tovarni qabul qilish va jo‘natish, joyini o’zgartirish, inventarizatsiya qilish, hisobdan chiqarish va kirim qilish

  • Sotish statistikasi yoki kamaymaydigan qoldiq asosida ta’minotchilarga buyurtmalarni va qoldiqlarni nazorat qilish
  • Nusxabay va partiyaviy hisobga olish. Muayyan tovarlar yoki ularning guruhlari uchun seriyalar va yaroqlilik muddatlari bo‘yicha hisobga olish
  • Tuzatish hujjatlarini avtomatik ravishda yaratgan holda smartfon yoki MYT orqali inventarizatsiya qilish
  • O‘z va vositachilik tovarlarini sotish. Tovarni zaxiralash
  • Manzil bo‘yicha saqlash, tanlash varaqlari, komplektatsiyani taqqoslash
  • Bir nechta ombor bilan ishlash
Ulgurji savdo

Ulgurji savdo

Ombordan va buyurtma asosida soting

  • Narxlarni boshqarish: prays-listlar, narx toifalari va chegirmalar
  • Shartnomalarni yuritish, hisob-kitob qilmoq, yukxatlarni va bajarilgan ishlar dalolatnomalarini bosib chiqarish
  • Yuridik shaxslar hisobvaraqlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va qoldiqlarga tuzatish kiritish. Taqqoslash dalolatnomalari
  • To‘lovlar va qarzlar to‘g‘risida xabarnomalar
  • Multivalyutlilik: turli valyutalarda xarid qilish va sotish
  • Har bir mijoz uchun individual narxlar bo‘yicha onlayn buyurtma yaratish
Chakana savdo

Chakana savdo

Windows, Android, iOS uchun sotuvchining ish joyi

  • Sotish va qaytarishlarni ro‘yxatga olish. Aralash to‘lov: naqd + karta. Dastlabki va kechiktirilgan cheklar
  • Kiloli, donali, quyma tovarlar bilan ishlash. Komplektlarni sotish
  • Mobil ilovadagi savdo nuqtalari bo‘yicha yig‘ma hisobot
  • Aksiyalar, chegirmalar, bonuslar va sodiqlik dasturlari
  • Shtrix-kodli etiketkalar va narxnomalarni chop etish uchun vizual muharrir

Onlayn savdo

Marketpleyslar, ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo, internet do’kon

Barcha savdo kanallari bitta xizmatda Barcha savdo kanallari bitta xizmatda

Buyurtmalar МойСкладga, qoldiqlar va narxlar esa vitrinalarga uzatiladi. Buyurtmalar kelib tushganda tovarlar zaxiraga olinadi.

Tayyor integratsiyalar Tayyor integratsiyalar

1C-Bitriks, Tilda, InSales va boshqalar bilan integratsiyalar mavjud. Buyurtmalarni tezkor qayta ishlash: qo‘lda ishlashga qaraganda o‘rtacha 8 daqiqa tezroq. Yetkazib berishni ulash, kuryerlarni tayinlash.

Saytsiz savdoni boshlash Saytsiz savdoni boshlash

Mahsulotlar katalogiga havola yaratish. Xaridor havola orqali o‘tadi, kontaktlarni qoldiradi va o‘zi buyurtma beradi.

Marketpleyslar Marketpleyslar

Marketpleyslarda savdo Uzum, WB va boshqalarda savdo yuriting. Komissiya va qaytarmalarni hisobga olgan holda buyurtmalar bo‘yicha real foydani ko’rib turasiz.

Tahlil Tahlil

Har bir buyurtma, mahsulot va savdo kanali bo‘yicha foydani ko‘rib chiqing. Qaytarishlar, vositachilik to‘lovlari va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda.

Telegram Telegram

Telegram chat-botiga do‘konni ulang, buyurtmalarni yig‘ish uchun hujjatlarni bitta tugmani bosish bilan shakllantiring, mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri МойСкладdan messenjerga xabar yuboring, sotuvlar haqida hisobot oling.

Tahliliy hisobotlar

Tahliliy hisobotlar

Aylanmalar, ombor qoldiqlari, savdo statistikasi va tovarlar bo‘yicha daromadlilik

  • Aylanmalar, qoldiqlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar
  • Aylanmalar, qoldiqlar, sotuvlar va rentabellik bo‘yicha hisobotlar
  • Barcha hisobotlarni tovarlar, kontragentlar, xodimlar va savdo kanallari kesimida sozlash mumkin
  • Hisobotlarni email orqali yuboring yoki mobil ilovada ko‘ring
Qonunchilikka rioya qilish

Qonunchilikka rioya qilish

TASNIF ma’lumotnomasi bilan ishlash: hisobvaraq-fakturalar bilan ishlash, cheklarni chop etish uchun bevosita МойСкладdan tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldiring.

MXIK, qadoq, barkodni qidirish va to‘ldirish: tovarlarni nomlanishi va MXIK bo‘yicha toping va to‘ldiring.

Hatto eskirganlari kiritganingizda ham oxirgi amaldagi MXIKni ko’rasiz.

Markirovka bilan ishlash

Markirovka bilan ishlash

Ilgari hisob-kitob qilmagan bo‘lsangiz ham, noldan boshlab tezkor bepul markirovkalash. Tamaki mahsulotlari, alkogol, dori vositalari, tibbiy buyumlar, qadoqlangan suv va salqin ichimliklar uchun Asl Belgisi tovarlarini raqamli markirovkalash milliy tizimi bilan integratsiya mavjud.

E-POS kassasi ulangan МойСкладga markirovka kodlarini qo‘shing va ularni sotuv paytida skanerlang.

CRM — mijozlar bazasi bilan ishlash uchun

Mijozlar va shartnomalarni hisobga olish, kontragentlar va aloqa uchun mas’ul shaxslarning qulay ma’lumotnomasi, foydalanuvchi maydonlari

Ma’lumotlar Ma’lumotlar

Mijozlar haqida ma’lumotlar doimo qo’l ostingizda. Mijoz haqidagi barcha ma’lumotlar bitta ekranda: o‘zaro munosabatlar tarixi, hujjatlar arxivi, qarzdorlik va sotuv summasi, o‘rtacha chek va qaytarishlar soni.

Sotuv bo‘limini boshqarish Sotuv bo‘limini boshqarish

Umumiy chatdagi sharhlar, vazifalar, eslatmalar, bildirishnomalar.

Avtomatlashtirish Avtomatlashtirish

Kontragentlarni dublga tekshirish. Avtomatik ssenariylar: siz belgilagan sharoitlarda menejerlarga vazifalar qo‘yadi.

Mijozlar bazasi bilan ishlash Mijozlar bazasi bilan ishlash

Mijozlar maqomi va buyurtmalar bo‘yicha savdo voronkasi. Telegram va boshqa messenjerlarga xabarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastur ichidan yuborish.

Kirish cheklovlari, bo‘linmalar, filiallar

Kirish cheklovlari, bo‘linmalar, filiallar

Foydalanuvchilar huquqlarini boshqarish

Menyu va funksiyalardan foydalanish huquqlari, rollar, ruxsatlarni turli bo‘linmalardan foydalanuvchilar orasida taqsimlash, menyuning keraksiz bandlarini va mahsulot tannarxini yashirish imkoniyati.

Xodimlar xatti-harakatlari auditi

МойСклад har bir operatsiyani qayd etadi va siz xodimlarni onlayn rejimda to‘liq nazorat qilasi.

Yangi ofislar va savdo nuqtalarini ulash

Bir tizimda bir nechta yuridik shaxslar, filiallar yoki savdo nuqtalari bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Individual sozlamalar

Individual sozlamalar

Xizmatni vazifangizga moslashtiring.

  • Ma’lumotnoma va hujjatlarga maydonchalarni qo‘shing. Bosma shakllar va hisobotlaringiz shablonlarini yuklang.
  • Biznes uchun ommabop xizmatlar bilan tayyor integratsiyalardan foydalaning yoki ochiq API’da o‘zingizga keraklisini ishlab chiqing.
  • Ma’lumotlarni 1C: Buxgalteriya bo‘limiga yuklab oling.
  • Xizmatni biznes jarayoningizga moslashtirish bo‘yicha bepul maslahatlar.
50 000 dan ortiq kompaniya allaqachon o‘z xodimlarini МойСклад tizimiga uladi

Bepul qulay ombor hisobini yuritish dasturi

Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari shundan dalolat beradiki, МойСкладda interfeysdan foydalanish oson, maxsus ta’limni talab qilmaydi.

Bulutli versiya tufayli hech narsani o‘rnatish va sozlash shart emas. Savdo uskunalarini ulang, mahsulotlar katalogini yuklang va dastur ishga tayyor.

Dasturda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

  • tovarning kelib tushishi va jo‘natilishini ro‘yxatga olish,
  • ombordagi qoldiqlarni real vaqt rejimida nazorat qilish,
  • tovar yo‘qligi tufayli foydani yo‘qotmaslik uchun xaridlarni tezkor boshqarish,
  • ombor hujjatlarini chop etish va ularni kontragentlarga jo‘natish, shu jumladan ularni o‘z shablonlaringiz bo‘yicha yaratish,
  • boshqaruv yoki ishlab chiqarish xarajatlaridan qat’i nazar, istalgan vaqt oralig‘idagi barcha xarajatlarni hisobga olgan holda tovarlar va umuman kompaniya bo‘yicha real foydani ko‘rib turasiz.

Ombornii boshqarish sizga osonlashadi, siz o‘z vaqtingizni, mablag‘ingizni va xodimlaringizning mehnatini tejaysiz.

МойСклад «yagona darcha» sifatida biznesni avtomatlashtirish va yuritish imkonini beradi — tizimda bitta savdo nuqtasi yoki do‘konlar tarmog‘ida barcha jarayonlarni boshqarish mumkin. Hamma narsani nazorat qiling: hisobga olishdan tortib buyurtmalarni to‘lash va yetkazib berishgacha. Exceldan foydalanganga qaraganda ancha qulay va aniq biznes yuritish usuli.

Tovar hisobini avtomatlashtirish

Bepul versiyadag МойСклад:

  • Qulay va oddiy. Ombor dasturidan har kim foydalanishi mumkin — dasturlash yoki buxgalteriya ko‘nikmalari kerak emas. Yechim har qanday kompyuter, planshet yoki smartfonda, tashqi dasturchilar yordamisiz ishlaydi.
  • Internet mavjud bo‘lgan istalgan nuqtadan ishlash. Dastur savdoni onlayn rejimda nazorat qilishga yordam beradi.
  • Bepul tarif. Dasturning asosiy imkoniyatlaridan cheklovsiz 14 kun bepul foydalanish mumkin. Agar bir nechta foydalanuvchini ulash kerak bo‘lsa, biznesingizga mos keladigan tariflardan birini tanlang. Ammo siz bepul tarifda ham ishlashni davom ettirishingiz mumkin: u bitta xodim, bitta yuridik shaxs, bitta savdo nuqtasi va hisob uchun to‘liq imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi.
  • МойСклад interfeysi o’zingiz mustaqil o’rganib olishingiz uchun maksimal darajada soddalashtirilgan. Shunga qaramay, tizimdan foydalanishda yuzaga kelgan istalgan savolingizga yechim topishda texnik qo’llab-quvvatlash xizmati 24/7 yordamga shay, bundan tashqari har bir mijoz shaxsiy menejerga biriktiriladi. Bundan tashqari, tizimga deyarli har hafta yangi yechimlar va qulayliklar kiritiladi va mijozlarimiz ulardan qo’shimcha to’lovlarsiz foydalanish imkoniga ega bo’ladilar.