Ma’lum vaqtgacha biz barcha hisobotlarni daftarda yuritardik. Miqdori va turlari ko’p tovarlar bilan bunday usulda ishlash judayam noqulay: kimdan qancha qarzdor ekanligimiz va kim bizga qancha qarzdorligini aniq bilmas edik. МойСкладni sinab ko‘rdik. Va nihoyat, o‘z biznesimizni to‘liq nazorat qila boshladik.
МойСкладdan foydalanib, sotuvchilarni ishbay to‘lovga o‘tkazdik. Menejerlarni guruhlarga bo’lib hisobot tuzib, ularning bonus qismini hisoblaymiz. O‘sishni deyarli darhol kuzata boshladik. Do‘kon aylanmasi uch oydan so‘ng 213% oshdi.Bulutli ERP
biznesingiz uchun
Savdo-sotiq, ombor, moliya va ishlab chiqarish – O‘zbekistonda kichik biznes yuritish uchun kerak bo‘lgan barcha xizmatlar bitta tizimda jamlangan
Ishni boshlashO’zbekistondagi kichik biznes uchun
O’zbekistondagi kichik biznes uchun
Onlayn savdo
Barcha savdo kanallari bitta xizmatda jamlangan: buyurtmalar МойСкладga, qoldiqlar va narxlar esa vitrinalarga uzatiladi.
Buyurtmalar kelishi bilanoq tovarlar zaxiraga olinadi. Telegram bot, internet-do‘kon, Uzum Market, Wildberries va boshqa platformalar bilan integratsiya mavjud.
Savdoni avtomatlashtirish
Ishni tezkor boshlash imkoni — tushunarli interfeys, sozlashda yordam, 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmati.
Tovarlar, tushum va kassirlarni smartfon orqali onlayn nazorat qilish imkoniyati.
Tovarlarni hisobga olish tizimi
Istalgan miqdordagi savdo nuqtalarida tovarlar va narxlarni boshqarish. Xaridlarni rejalashtirish va qoldiqlarni nazorat qilish.
Excel dasturidan ta’minotchilarning yuk xati va narx-navolarini import qilish. Inventarizatsiya o‘tkazish. Omborni belgilangan minimal qoldiqgacha avtomatik to‘ldirish.
Sotuvchi-kassirning ish o‘rni
Har qanday qurilmada ishlaydigan kassir uchun sodda dastur. Sotuvlarni, shu jumladan QR-kodlar yordamida, Click, Payme, Anor, Uzum tizimlari orqali qayd etish.
E-POS bilan integratsiya. Tovar cheklarini X-printerda chop etish. Internetga ulanmasdan oflayn ishlash imkoniyati.
Savdo uchun CRM
Xaridlar tarixi, mijozlar bilan aloqalarni ro‘yxatga olish, mijozlar bazasini segmentlarga bo’lish, bonus asosidagi sodiqlik dasturlari.
Kontragentlarni dublikatga tekshirish. Hujjatlar arxivi, shartnomalarni yuritish. Sotuvlar bo‘limini boshqarish: vazifalarni belgilash va nazorat qilish.
Qonunchilikni qo‘llab-quvvatlash
MXIK (ИКПУ) va qadoqlash turlari bilan qulay ishlash imkoniyati, O‘zbekiston qonunchiligiga mos bosma shakllar namunalari, QR-kodli cheklarni fiskalizatsiya qilish.
AslBelgisi tovarlarni raqamli markirovkalash milliy tizimi bilan integratsiya mavjud.
Tadbirkorlarning fikri
Biz МойСклад bilan uzoq vaqtdan beri — 2016-yildan buyon hamkorlik qilamiz. МойСклад zo’r, ixcham, interfeyslari ortiqcha yuklanmagan, xizmatdan foydalanish qulay. Tizim ishonchli, hammasi soatdek aniq ishlaydi.
Biz МойСкладning barcha imkoniyatlaridan keng foydalanamiz: ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar uchun buyurtmalar yaratamiz, yuklarni jo‘natamiz, hisob taqdim etamiz, banklar bilan integratsiyani yo‘lga qo‘yganmiz.2020-yilda, pandemiya avj olgan paytda, МойСклад xizmatining moslashuvchanligi bizga katta yordam berdi — qisqa vaqt ichida onlayn savdoni yo‘lga qo‘ya oldik. Bundan tashqari, bu xizmat barcha marketpleyslar bilan integratsiyaga ega.
МойСкладdan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni marketpleyslarga avtomatik tarzda uzatish xatoliklar ehtimolini kamaytiradi, qoldiqlarni avtomatlashtirish esa to‘xtab qolish va jarimalardan qochib, mahsulotlarni marketpleyslarga tezkor yetkazib berish imkonini beradi. Hech narsani qo‘lda kiritishga hojat yo‘q, barcha jarayonlar aniq va tizimli ishlaydi.МойСкладni joriy etish bizga sifat va miqdor jihatidan o‘sish imkonini berdi. Qaysi mahsulotni ishlab chiqarish biz uchun foydali ekanligini tushundik. Asosiy yutug’imiz — biznes jarayonlarimizni tizimlashtirdik.
Ularning ishlab chiqarishdan to yuklab jo‘natishgacha bo‘lgan jarayonlar uchun qimmatbaho yechimlarni ishlab chiqishni talab qilmasligi biz uchun juda qulay. Shunchaki tayyor tizimli yechimni olib, o‘z jarayonlarimizga uni mosladik.«Tovarlarni tartiblaymiz, guruhlarga ajratamiz, yagona tasnif tizimini yaratamiz va takroriy nusxalarni olib tashlaymiz. MoйСкладda jarayonning amaliy va hisobga olish qismlari bir-biriga qarama-qarshi bo’lmasligi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Strategik vazifamiz — barcha jarayonlarni birlashtirib, ishlab chiqarish, sotish, moliya va tovar hisobini o‘z ichiga olgan yagona tizimda ishlashdir. Muhim talablardan biri soddalik va qulaylik edi. Eng asosiysi, qoldiqlarni real vaqtda kuzatib borish imkoniyatiga egamiz. МойСклад bu vazifani muvaffaqiyatli bajaradi».«МойСклад — bu biznesning yangi, jiddiyroq darajasiga ko‘tarilganingizni bildiradi. Tahlil tizimi kolleksiyalarning samaradorligini baholashda yordam beradi: har bir modelning qanchalik yaxshi sotilayotganligini kuzatamiz, qaysi mahsulotlar sekinroq sotilgani va buning sabablarini aniqlashimiz mumkin.
Eng ko‘p sotiladigan mahsulotni topib, uni yangi mavsumda takrorlash yoki takrorlamaslik haqida qaror qabul qilamiz. МойСкладda ipdan tortib to mijozgacha — hammasi mavjud».Afzalliklarimiz
24/7 qo’llab-quvvatlash xizmati
Chatda, telefon va elektron pochta orqali
Qulay
Smartfon, planshet va kompyuterdan foydalanish imkoniyati bor
Oson
15 daqiqa ichida ishni boshlash imkoniyati
Biznesda qo’llaniladigan ommabop servislar bilan integratsiya
E-POS onlayn kassasi
Sotuv operatsiyalarini O‘zbekiston soliq tizimida bitta klik orqali ro‘yxatdan o‘tkazing.
Kerakli ma’lumotlar avtomatik tarzda moslashtiriladigan qulay vidjet yordamida mahsulotni jo‘natish va qaytarishni ro‘yxatdan o‘tkazing.
Qabul qilingan summani kiriting va tugmani bosing. Mahsulotni jo‘natish/qaytarish haqidagi ma’lumotlar onlayn-kassa dasturida avtomatik ravishda aks etadi va o‘z navbatida O‘zbekiston soliq tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi.
Uzum
Uzum Marketdan tovarlarni, qoldiqlarni, buyurtmalarni va yuk xatlarini МойСкладga yuklang. Ma’lumotlar avtomatik ravishda sinxronlanadi.
Sotilgan va qaytarilgan tovarlar haqidagi ma’lumotlar Komissioner hisobotida aks ettiriladi.
Wildberries
Mahsulotlarni МойСкладdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketpleysga yuklang. Qoldiqlarni nazorat qiling, yetkazib beruvchilarga avtomatik tarzda buyurtmalar yarating.
Foydani vositachilik to‘lovlarini hisobga olgan holda tahlil qiling. FBO uchun shtrixkodli yorliqlarni dasturning o‘zidan chop eting.
Didox
Yukxatidan МойСкладda hisobvaraq-fakturalarni yarating va ularni Didox elektron hujjatlar aylanishi xizmatiga yuboring, u yerda ular avtomatik ravishda aniqlanadi va qoralamalarda saqlanadi.
Bu hujjatlaringizni markazlashtirilgan holda saqlash va boshqarish imkonini beradi.
МойСклад xizmatining hamkorlari
МойСкладni o‘zingiz sozlang yoki hamkorlarimizga murojaat qiling. Tajribali mutaxassislar zarur uskunalar va integratsiyalarni ulab berishadi.